Hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan ISO 22000 standarti respublikaning 95 ta korxonasiga joriy etilgan (2017 yilning 6 oyida 11 ta korxonada joriy etildi).

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish maqsadida “O‘zvinsanoat xolding” (22 ta), “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding (11 ta), “O‘zpaxtayog‘” AJ (7 ta) bilan ISO 22000 standartini jami 40 ta korxonada 2017-2018 yillarda joriy qilish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan 2017 yilning 6 oyida ISO 22000 standartini joriy etish rejasi 6 tani tashkil etib, amalda 11 ta (183%) eksportyor va eksport saloxiyatiga ega bo‘lgan korxonalarda joriy etildi.

“O‘zpaxtayog‘” AJ da joriy yilning 6 oyida 6 ta korxona rejaga kiritilgan, amalda 5 ta (AO "Urganch yog‘-moy", AO "Asaka yog‘-moy", AO "Andijon yog‘-moy", AO "Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy", AO "Farg‘ona yog‘-moy") korxona sertifikatlashtirildi va “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJda ISO 22000 standartini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

“O‘zvinsanoat xolding” XK 2017 yilda 10 ta korxonada xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

9 ta korxonada sifat menejment tizimini joriy etishning birinchi bosqichi, ya’ni tayyorgarlik bosqichi yakunlanib, ikkinchi bosqich hujjatlarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. 3 ta korxona ("Bonu Galdin" QK, AO II "Bektemir-spirt ekspermental zavodi", OOO "Kamsar")da sifat tizimlari joriy etilgan.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq joriy yilda 10 ta korxonada sifat menejmenti tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Xususan, tasdiqlangan tarmoq jadvaliga asosan joriy yilning aprel-iyul oylarida 10 ta sifat menejment tizimini joriy etishning birinchi bosqichi, ya’ni tayyorgarlik bosqichi amalga oshirilmoqda. Tasdiqlangan tarmoq jadvalida korxonalarda sertifikatlashtirish joriy yilning sentyabr-oktyabr oylariga rejalashtirilgan.