Markaz o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblangan standartlashtirish sohasida qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar amaliyotga tadbiq etish, standartlashtirish, vazirliklar va tadbirkorlik sube’ktlariga me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashda, me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda va ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni ekspertizasi, malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Birgina, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni xar tomonlama ximoya kilishga va ishbilarmonlik muxitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni 6-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha kelgusida bekor qilinishi rejalashtirilgan va eskirgan, bozor mexanizmlarini o‘rnini egallab olgan standartlarni xatlovi o‘tkazilib, “O‘zstandart” agentligi tomonidan vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarga xatlov natijalari yuborilib, 306 ta standartlar, vazirlik va tashkilotlardan yig‘ilgan takliflar asosida bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 21498 ta standartlarining elektron versiyalari bepul foydalanish uchun Agentlik veb-saytiga joylashtirildi:

O‘zbekiston Davlat standartlari (O’z Dst) 1271 ta

Davlatlararo standartlar (GOST) 20227 ta

Davlatlararo standartlar (GOST) ko‘rsatkichlari (kataloglari)

O‘zbekiston Davlat standartlari (O’z Dst) ko‘rsatkichlari (kataloglari)

I-chorakda davlat fondi joriy etilgan 138 ta (13,4 %) xalqaro ISO standartlari bilan to‘ldirildi. Jami 2696 GOST ISOlarni tashkil etadi.

Davlatlararo standartlar (GOST) - 162 tasi idoralar bilan kelishib joriy etildi.

Joriy yilda xo‘jalik sub’ektlari va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga tegishli bo‘lgan standartlarni xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida 106 ta standartlar ishlab chiqilib joriy etildi.