Joriy yilning 14 iyul kuni Sirdaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Sirdaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan, Sirdaryo viloyat xalq qabulxonasi binosida - “Sirdaryo viloyatining eksportyor va ishlab chiqarish korxonalari uchun soha yo‘nalishlari va eksportga ko‘maklashish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminarda “O‘zstandart” agentligi matbuot kotibi A.Rasulov, “Respublika SSM” DK “Eksportga ko‘maklashish byurosi” boshlig‘i N.O‘rozqulov, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Sirdaryo viloyat xududiy bo‘linmasi, Sirdaryo viloyat davlat bojxona boshqarmasi, “O‘zagroeksport” Sirdaryo viloyat vakili, Sirdaryo viloyat savdo-sanoat palatasi, Guliston shaxar soliq inspeksiyasi, Sirdaryo viloyat DSENM vakillari hamda viloyat eksportyor korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-sonli “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 21 iyundagi PQ-3077-sonli “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyuldagi 475-sonli “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qarorlarining maqsadi va mazmun mohiyati yuzasidan keng tushunchalar berildi.

E’tiborlisi shundaki, ushbu seminarning barcha ishtirokchilari o‘zlari uchun muhim va kerakli bo‘lgan ma’lumot va yangiliklarga ega bo‘lishdi. Bu kabi yangi o‘zgarishlar natijasida mahalliy va kirib kelayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xorijiy bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash, sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish va mahalliy ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni eksport qilishda qulayliklarga erishish kabi yutuqlarga erishilishi begumon.