O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan «2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi»ga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 19 iyuldagi 520-son qarori bilan «Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament qabul qilindi.
Umumiy texnik reglament:
- inson xayoti va sog‘lig‘ini ximoya qilish va yog‘-moy mahsulotlarining iste’molchilarini chalg‘ituvchi harakatlardan oldini olish;
- texnik jihatdan tartibga solish qoidalari va prinsplarini amaliyotga joriy etish;
- yog‘-moy mahsulotlariga belgilangan talablar, shu jumladana xavfsizlik talablarini uyg‘unlashtirish.
Umumiy texnik reglamentning talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat yog‘-moy mahsulotlariga taaluqli. O‘z navbatida texnik reglament talablari nosanoat ishlab chiqarish jarayoni asosida ishlab chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlariga taaluqli emas.
Shuningdek, texnik reglamentda yog‘-moy mahsulotlarining atamalariga, xavfsizligiga, ishlab chiqarish jarayonlariga, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utilizatsiya qilish talablari, namunalarni tanlab olish qoidalari va sinov uslublari, belgilangan talablarga muvofiqligini baxolash tartibi, davlat nazoratini o‘tkazish hamda yog‘-moy mahsulotlarini qadoqlash va yorliqlashga bo‘lgan talablar belgilangan.
Texnik reglament standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) talablari va YeOII davlatlari-ishtirokchilari Bojxona ittifoqining «Yog‘-moy mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi texnik reglament 
(TR TS 024/2011) talablariga muvofiq uyg‘unlashtirilgan.
Umumiy texnik reglamentni amaliyotga joriy etish muddati rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 18 oy qilib belgilangan.