Bugun “O‘zstandart” agentligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari U. Roziqulov ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari “O‘zstandart” agentligi oldida turgan muhim vazifalarning ijrosi yuzasidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtaldi. Hamda muhtaram Prezidentimiz tomonidan 28-aprel kuni qabul qilingan “O‘zstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining ijrosi, mahsulotlar va xizmatlarning sifatini oshirish va raqobatbardoshligini ta’minlash yuzasidan o‘zining mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek majlisda tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha agentlik Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan J. Mirsaidov o‘rniga hozirga qadar Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazida direktor bo‘lib ishlagan J.
Shukurov “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Fursatdan foydalanib J. Shukurovni yuksak ishonch bilan tabriklab kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz.