Hozirda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan hamda jahonning ko‘plab davlatlariga “Made in Uzbekistan” muhri bilan eksport qilinayotgan har bir mahsulotimizning sifat jihatdan halqaro standart talablariga javob berishi ularning jahon bozoriga tez kirib borishi va raqobatbardoshliligini ta’minlashga asos bo‘lmoqda. Bu esa mamlakatimizda jahon andozalari asosida mahsulot ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularga keng imkoniyat va imtiyozlar berilayotganidan dalolatdir.
1) ”Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan normativ hujjatsiz mahsulot ishlab chiqarish ta’qiqlanadi.
Albatta, standartning belgilangan talablari bo‘yicha ishlab chiqariladigan har bir mahsulotlar o‘z-o‘zidan sifatli bo‘ladi. 
Bugungi kunga kelib, Respublikamizda elektr texnika jihozlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tadbirkorlarimiz sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni jadal suratlarda olib borishmoqda. Bundan faqat faxirlansak arzidi.
Ushbu faoliyat bo‘yicha amaldagi 400 dan ortiq normativ hujjatlaridan foydalanilmoqda.
Belgilangan me’yor talablari buzilmaydi va sifatli mahsulotlarni ishlab chikarishga zamin yaratadi. 
Biroq, ayrim xollarda chet eldan keltirilgan sifatsiz mahsulotlarni bozor rastalarida uchratib kolamiz. Bu holatda me’yor talablari buzilayotganiga duch kelamiz. Masalan elektr uzatkich, elektr choynaklarni sifatsizlari uchrab turibdi. 
2) Standart bu - ko‘pchilik manfaatdor tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida ishlab chiqilgan me’yoriy talablar belgilangan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat. 
3) Standartning turlari 4 xil toifadan iborat. 
1. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar (GOST 20939-ta); 
2. O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (O’z Dst 4284-ta); 
3. Tashkilotning standartlari (Ts 6992-ta);
4. Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari (GOST R, DIN,ASTM, GMW va boshqalar. 13451 ta.
Uzstandart agentligi davlat fondida 33507 dan ortik amaldagi standartlar mavjud. 
Shuningdek, amaldagi 3000 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (O’z Dst) va davlatlararo standartlarni (GOST) halqaro standartlar (ISO) bilan uyg‘unlashtirishga erishildi, bu eskirgan sinov usullari o‘rniga hozirgi kun talabiga javob beradigan sinov usullari joriy etiladi. Bu esa o‘z navbatida mahsulotni ichki va tashqi bozor uchun raqobatbardoshligini oshishiga olib keladi. 
Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida davlat fondidagi mavjud bo‘lgan amaldagi 20 mingdan ortiq standartlar agentlikning www.standart.uz rasmiy veb saytiga foydalanish uchun joylashtirildi. Buning natijasida esa tadbirkorlarga vaqt va mablag‘ni tejab, bepul foydalanish imkoniyatini beradi. 
Har oyda fonddagi mavjud standartlar tahlil qilinib, tahlillar natijasiga ko‘ra 50 tadan (bugungi kun xolati bo‘yicha 391 ta joriy etildi) ISO standartlari joriy qilinib mahsulotlarni sifati darajasini ko‘tarish orqali tashqi bozorga hech qanday to‘siqlarsiz kirib borishga, shuningdek, Respublikamizda amaldagi xalqaro standartlarning fondi oshib, bosqichma-bosqich yangi standartlar bilan foydalanish uchun tadbirkor va tashkilotlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 
Hozirgi kunda tadbirkor va korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan davlat standartlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ishlab chiqish jarayonida ularni xalqaro standart talablari bilan uyg‘unlashgan xolda qabul qilinishi tizimi qat’iy yo‘lga qo‘yildi. Natijada, barcha ishlab chiqarilayotgan davlat standartlari endilikda xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan xolda qabul qilinmoqda, bu esa o‘z navbatida mahsulotni ichki va tashqi bozor uchun raqobatbardoshligini oshishiga olib keladi. 
Markaz tadbirkor va korxonalarga standartlarni ishlab chiqish, ekspertizadan o‘kazish, mahsulot katalog varog‘larini ishlab chiqish, standartlar bilan ta’minlash, aktuallashtirish xizmatlarini amalga oshiradi.
Bugungi kunda markazda kelib tushgan murojaatlarni kutib o‘tirib ishlash emas, aksincha, xodimlar tadbirkorlarga telefon va elektron tizim orqali aloqaga chiqib, kerak bo‘lsa, korxonaga borib xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.