“O‘zstandart” nigohi xolislikka qaratilgan

Hozirgi kunda barcha sohalar qatori Mamlakatimizning Standartlashtirish, metrolgiya va sertifikatlashtirish sohasida ham izchil islohotlar davri boshlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda iqtisodiyotini rivojlantirishga, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali, O‘zbekistonimizning xalqaro maydondagi obro‘ va e’tiborini ko‘tarishga qaratilgan.
Tan olish lozim, kundalik hayotimizda iste’molchi sifatida bozorlardan yoki yirik savdo majmualaridan har doim ham tegishli sertifikatga ega, sifati kafolatlangan mahsulotni xarid qilishimiz to‘la kafolatlangan deb ayta olmaymiz.

“O‘zstandart” agentligiga bo‘layotgan yozma va og‘zaki murojaatlar, Iste’molchilar Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va boshqa hamkor vazirlik va idoralar bilan tizimli o‘rganishlar natijasida, ko‘p hollarda iste’molchilarimiz sifatsiz mahsulotlardan aziyat chekayotganliklari ma’lum bo‘lmoqda.
“O‘zstandart” agentligi iste’molchilarning murojaatlari asosida, Mahsulot sifatining me’yoriy hujjat talablariga mosligi yuzasidan o‘rganishni yo‘lga qo‘ydi. Bundan ko‘zlangan maqsad, qaysidir mahalliy ishlab chiqaruvchilarni obro‘sizlantirish yoki ularning faolyatiga to‘sqinlik qilish emas, balki ichki iste’mol bozorlarimiz hamda xalqimizni, oilamizni va farzandlarimizni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan.

Hozirgi kunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berilgan. Quvonarlisi, ishlab chiqarish korxonalari faolyati ham yildan-yilga rivojlanmoqda.
Biroq, bunday imkoniyat va sharoitlar ishlab chiqaruvchilardan faqatgina sifatli mahsulot ishlab chiqarishni talab etadi. Ming afsuski, qo‘shtirnoq ichidagi ayrim yurtdoshlarimiz mo‘may daromad ilinjida, sifati kafolatlanmagan mahsulotlari bilan iste’molchilarimiz hayotini xavf ostiga qo‘yayotganliklari barchamizni tashvishga solmoqda.

Shu o‘rinda “O‘zstandart” agentligi iste’molchilarimizni yana bir ogohlikka chaqirish bilan birga, ishlab chiqaruvchilarni va chetdan yurtimiz bozorlariga mahsulot olib kelayotgan hamyurtlarimizni o‘z kasblariga vijdonan munosabatda bo‘lishga chaqiradi.

Zero, biz uchun eng katta boylik bu-mehnatkash va samimiy xalqimizning omonligi, jondan aziz farzandlarimizning salomatligidir!

“O‘zstandart” agentligining nigohi xolis.