“O'zstandart” agentligi rahbariyati, joriy yilni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deya nomlangani sabab, joylarda xalq bilan muloqotning yangi va qulay shakli bo'lgan Sayyor uchrashuvlarni tashkil etishga alohida e'tibor qaratmoqda. Birgina joriy yilning o'tgan davri mobaynida Respublikamizning olis tumanlari miqyosida 27 tadan ortiq Sayyor qabullar o'tkazildi.
Agentlik faoliyatidagi ikkinchi ahamiyatga molik tajribadan biri bu Respublikamizning Ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqotlarni sifatli tashkil etish masalasiga ustivor masala sifatida qaralmoqda.

Bugunning o'zida Milliy matbuot markazida Bekobod Sinov va sertifikatlashtirish markazi rahbariyati o'tgan davr mobaynida bajarilgan ishlari xususida OAV lari xodimlariga batavfsil ma'lumot berdilar.

Jurnalistlar bilan uchrashuvda Bekobod Sinov sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan korxonalarda xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, laboratoriyalarni zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida ma'lumot berildi.

Uchrashuvda markaz direktori J.G'aniev so'zga chiqib, hozirgi kunda Mahsulotlarni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, ISO xalqaro standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish jarayonlari hamda qo'shni tuman aholisi uchun maishiy o'lchov vositalarini davlat qiyoslovidan o'tkazish uchun shaxobchalar sonini ko'paytirish bilan bog'liq yangiliklar haqida axborot berdi.

Yig'ilish so'ngida jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.