“Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan-shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham-shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham shu xalq.” 

Muhtaram Prezidentimiz o‘zlarining har bir chiqishlarida yurtimizda kechayotgan islohotlar jarayonida har bir rahbar fidoiy bo‘lishi, xalqning dardi bilan yashab, mehnat qilishi lozimligiga e’tibor qaratishlari bejiz emas.

Boisi, yurtimizda yangi davlat,yangi jamiyat qurish ishlari davom etayotgan qizg‘in jarayonda barchadan tashabbuskorlik, o‘z yurti ravnaqiga, xalq farovonligiga munosib hissa qo‘shishi talab etiladi.

Ana shunday bir davrda “O‘zstandart” agentligi tizimida ham bilmdon, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshadigan, sohada kechayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglaydigan rahbarlarni tanlab, joy-joyiga qo‘yish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning buyrug‘i asosida agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi direktori lavozimida ishlagan D.Qodirov SMSITI direktori lavozimiga tayinlandi. Unga yangi o‘rinbosar etib, shu vaqtgacha agentlikda “Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish” boshqarmasida boshliq bo‘lib ishlagan A.Muxitdinov tayinlandi.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasiga esa, shu kungacha “Axborot ma’lumot markazi” davlat korxonasining direktori bo‘lib ishlab kelayotgan A.A. Daminov direktor etib tayinlandi.

Avval SMSITI da direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan J. Kattaxo‘jayev agentlikning “Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish” boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.

“Axborot ma’lumot markazi” DK ga esa, shu vaqtgacha ”O‘zbekakkreditatsiya” DK direktori bo‘lib ishlagan Sh.Alimov direktori etib tayinlandi.

Bulardan tashqari B.Mo‘minov “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining yordamchisi etib tayinlandi.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimizni yangi ish o‘rinlari bilan tabriklaymiz.

Albatta, bunday tayinlovlar agentlik faoliyatida yangicha taraqqiyot va rivojlanishlarga eshik ochadi.

"O'zstandart" agentligi matbuot xizmati.