“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan Xalq bilan muloqot qilishning eng maqbul usuli bo‘lgan Sayyor uchrashuvlarni joylarda ko‘proq o‘tkazishda davom etadi.

Samimiy va ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv yordamida insonlar bilan yuzma-yuz suhbatlashishning o‘z gashti bor. Jonli uchrashuvda har bir odam o‘z muammolari, hal bo‘lmay turgan masalalarini yashirmasdan, ikkilanmasdan aytish imkoniyati bo‘ladi.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan joriy yil davomida Respublikamizning olis hududlarida xalq bilan muloqotlarni sifatli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abduhamid Karimov Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashdi.

A.Karimov dastlab, tumandagi Omuxta yem ishlab chiqaridigan korxonaning faoliyati bilan tanishdi.Mazkur korxonada mahsulotning sifati, uning raqobatbardoshligi hamda tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlari bilan qiziqdi. Shu yerning o‘zida Bosh direktor Xorazm Sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlariga mazkur ishlab chiqarish korxonasi bilan yaqindan hamkorlikda ishlarini tashkil etish yuzasidan zarur topshiriqlarini berdi.

Shundan so‘ng Abduhamid Karimov tumandagi Ip kalava ishlab chiqaradigan korxonaga tashrif buyurdi. Korxonada yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda besh yuzga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlangan. Rossiya, Turkiya va Polsha kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga talab yuqori. Birgina joriy yilda 1.920, 0 ming dollor miqdorida eksport ishlari bajarildi.

Bosh direktor mazkur korxonaning barcha ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, mahsulotlarni standart talablari asosida ishlab chiqarish, xalqaro sifat tizimlarini joriy etilishining afzalliklari to‘g‘risida amaliy seminarlarni tashkil etish taklifini bildirdi.

So‘ngra Bog‘ot tumanidagi Musiqa maktabi zalida Sayyor uchrashuv tashkil etildi. Yig‘ilishni tuman hokimi J.R.Rahimov kirish so‘zi bilan ochib, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad xususida to‘xtaldi. Shundan so‘ng so‘zni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovga berdi.

A.Karimov jismoniy va yuridik shaxslar bilan uchrashuvdan asosiy maqsad, ularning faoliyatlarida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish jarayonlarida qanday muammolari bor, shularni aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatish, hamda boshqa masalalari bo‘lsa ham tegishli tartibda qonun doirasida tegishli maslahatlar berish ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan bir qatorda “O‘zstandart” agentligi faoliyatida boshlangan islohotlar va uningt kelgusidagi istiqbollari haqida ham yig‘ilganlarga batavfsil ma’lumot berdi.

Sayyor uchrashuvda Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A.Rasulov, Xorazm Standartlashtirish va metrologi boshqarmasi boshlig‘i R.Bekjonov, Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Xudoyberganov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarining vakillari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.