Inson qachon o‘z hayotidan mamnun bo‘ladi? U qachonki, kundalik turmush tarzida muammolari bo‘lmasa. Oilasi, Vatani tinch bo‘lsa, farzandlari esa salomat bo‘lsa. O‘ylagan barcha ezgu-maqsadlari ro‘yobga chiqishiga ishonsagina hayotdan rozi bo‘ladi.

Endi bir tahlil qilib ko‘ringa, mabodo tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanaman desak to‘siqlarga uchrasak, faoliyat boshlamay turib, soliqlar va turli-tuman to‘lovlarning haddan darajada ko‘pligi, banklardan esa imtiyozli kreditlardan foydalanaman deganlarga buyurokratik to‘siqlar g‘ov bo‘lsa, farzandlarini oliy ta’limda o‘qitib, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis qilib yetishtiray desa yana tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarpchilik illatlari yo‘limizdan chiqsa...

Oddiy fuqaro har bir munavvar tonglarni shunday bitmas-tuganmas muammolar bilan qarshi olaversa, uning arzu-dodini hech kim eshitmasa,o‘zini qayerga ursin. Ayrim rahbarlarni qabullarida soatlab sarg‘ayib navbat kutaversa, oxir-oqibat unda yashashga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi so‘nadi. Eng xavflisi esa, uning yuragida davlatga, jamiyatga bo‘lgan nafrati kuchayadi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning har bir chiqishlarini nima uchun xalqimiz katta xursandchilik va quvonch yoshlari bilan intiq bo‘lib kutadi. Prezidentimizning ma’ruzalarida va xalq vakillari bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda ko‘tarilayotgan muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq bo‘lgan taklif hamda tavfsiyalari xalqimizni behad quvontirayotgani ayni haqiqat.

Joriy yilning 22 dekabr kuni Prezidentimizning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatalari deputatlarining qo‘shma yig‘ilishida qilgan murojaatlari va ma’ruzalari “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqimizga namoyish etildi.Respublikamiz hayotida tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgan Prezident ma’ruzasini butun xalqimiz va dunyo hamjamiyati diqqat va e’tibor bilan kuzatdi.

Ochig‘ini aytganda, Muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz hayotida o‘tgan bir yil mobaynida bajarilgan ishlarning ko‘lami haqida gapirib, yutuqlar o‘zmizniki, ammo hali oldimizda yechimini kutayotgan muammolar talaygina ekanligiga e’tiborni qaratdi.

Masalan, Sud-huquq tizimidagi muammolar, rahbarlarning mas’uliyati va o‘z ishiga bo‘lgan munosabati, xalqimizning hayotini yaxshilash vazifalari, soliq tizimidagi eskicha yondashuvlar, iqtisodiyotimizdagi ortiqcha sarf-xarajatlarning ko‘pligi, yangi uy-joylarni qurish, tashqi va ichki siyosatimizdagi masalalar, elchilarning faoliyatlaridagi yangicha qarashlar va mudofaa sohasidagi islohotlarning samaralari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli yetishtirish hamda uni jahon bozorlariga eksport qilishdagi masalalar tahliliy raqamlar yordamida ochib berildi.

O‘zbekistonning bir fuqarosi, “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori sifatida men bu tarixiy ahamiyat kasb etgan chiqishni juda katta hayrat va hayajon bilan kuzatdim. Ishtirokchilarning ayrimlari ma’ruzani diqqat bilan tinglar ekan kimlarnidir yuragida yillar davomida armon bo‘lib turgan dardlari katta zalda xalqimizga va dunyo hamjamiyatiga ochiq aytildi. Eng asosiysi, o‘z poyoniga yetib borayotgan yil so‘nggida va yangi yil eshik qoqib turgan pallada Prezidentning murojaati, yil sarhisobi, tahlil hamda natijalar yaqqol ko‘zguda aks etgandek bo‘ldi.

Shaxsan o‘zim, yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan olg‘a surilgan muhim yo‘nalishlarni birma-bir tahlil qildim. Ma’ruzani tinglayapmunu, shu yerning o‘zida kelgusida nimalar qilishimizni rejalashtirdim.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tishim zarurki, Muhtaram Prezidentimizning bevosita e’tiborlari va bergan topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘zida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida sezilarli ishlar bajarildi.

Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir PQ-2935-son qarorlari asosida 2017-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etilganligini ta’kidlash joiz.

Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro standart talablariga mosligi va korxonalarda sifat tizimlarini joriy etish maqsadida, Respublikamizdagi 1745 ta eksportyor korxonalar bilan hamkorlikda ishlandi. Joriy yilda mahsulotlarga tegishli bo‘lgan 613 ta xalqaro standartlar qabul qilinib, ularning soni hozirgi kunda 3,5 mingtaga yetkazildi.

Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimizga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 77 ta Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining meva, sabzavot va quritilgan qishloq ho‘jalik mahsulotlarining standartlari (shulardan, 24 tasi meva, 32 tasi sabzavot va poliz ekinlari, 21 tasi quritilgan mahsulotlar uchun) qabul qilindi. Ushbu standartlar agentlikning rasmiy veb-saytida keng omma e’tiboriga havola etildi.

“O‘zstandart” agentligi tizimida mana shunday ishlarning mantiqiy davomi sifatida, yurtimizga sayyyohlar oqimining yil sayin ortib borayotganligini inobatga olgan holda “Halol” standartlarini qabul qilish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqildi.

“Halol” standartini qabul qilish yuzasidan Islom davlatlarining standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC) ga a’zo bo‘lish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Qisqa muddatlar ichida yurtimizda “Halol” standarti asosida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

E’tiborga molik ishlarimizdan yana biri bu - “Global GAP” standarti loyihasiniishlab chiqib vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda kelishuv jarayonlari nihoyalab qoldi. Reja-dasturimizga asosan, kelgusi yil boshidan mazkur standart asosida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, “O‘zstandart” agentligi tizimidagi laboratoriyalari tomonidan rasmiylashtirilayotgan sertifikatlarni dunyo miqyosida tan oldirish maqsadida2017 yilning o‘zidajami 401 dona zamonaviy uskunalar 11.3 mlrd. So‘mlik xarid qilindi.

Olib borilgan ishlar natijasida joriy yilda 7 ta sinov laboratoriyalari halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, muvofiqlikni baholash organlari soni 24 taga yetkazildi (shu jumladan: 11 ta sinov laboratoriyasi, 9 ta sifat menedjmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi, 4 ta yuk ortishdan oldin o‘tkaziladigan inspetsiya idorasi va 1 ta mahsulotlani sertifikatlashtirish idorasi).

Ushbu muvofiqlikni baholash idoralari tomonidan berilgan sertifikatlar esa dunyoning 89 ta davlatlarida tan olinish imkoniyatlarini yaratadi.

Shu bilan birga ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish borasida ham zaruriy tadbirlar o‘tkazildi. Natijada 7 mlrd. 223 mln. so‘mlik mahsulotlar yaroqsiz deb topildi. Shu jumladan,

496 mln. so‘mlik dori vositalari;

2 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari;

4 mlrd. 400 mln. so‘mlik turli xil xalq xo‘jaligi mahsulotlari.

Ichki bozorni himoya qilishning yana bir yo‘nalishi – bu texnik reglamentlarni ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etish hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib, 37 ta texnik reglamentlar qabul qilindi, hamda ishlab chiqarilayotgan va respublikamiz hududiga olib kirilayotgan mahsulotlarning xavfsizligiga bo‘lgan yagona talablar o‘rnatildi.

Shuningdek, ishlab chiqilgan texnik reglamentlar Yevropa direktivalari va Yevroosiyo iqtisodiy Komissiyasi talablari bilan uyg‘unlashtirilganligi sababli, mahsulotlarning raqobatbardoshligi va eksport geografiyasining kengayishiga zamin yaratildi.

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar Strategiyasi” asosida, “O‘zstandart” agentligi tizimida, Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarini yanada rivojlantirishga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi.

Ma’lumki, hozirgi kunda Respublikamizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan Oliy ta’lim muassasalarida yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash va ularni bevosita ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb qilish muhim vazifalardan bir hisoblanadi.

“O‘zstandart” agentligining tashabbusi bilan, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika Universiteti o‘rtasida 2017 yilning 6 noyabr kuni “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitim imzolandi. Unga ko‘ra “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘limlari hamda ularning tarkibidagi sertifikatlashtirish idoralari, sinov laboratoriyalari hamda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, va samaradorligini oshirish, ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda faoliyatni amalga oshirish maqsadida ushbu hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan joriy yilning sentyabr-dekabr oyilari mobaynida 74 nafar xodim standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkillashtirilgan o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirdilar. Jumladan, : Turkiya davlatida – 41, Koreyada – 3, Xitoyda – 7, Germaniya – 2, Malayziya - 2, Tayland – 2, Serbiya -1, Belarussiya – 4, Qozog‘iston - 2, Qirg‘iziston – 4, Rossiya – 1, Armaniston – 4, Latviya davlatida esa – 2. xodimlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Bulardan tashqari joriy yilda “O‘zstandart” agentligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlik dasturi asosida “Texnik yo‘nalishlarda oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarini tugatib, ish bilan band bo‘lmagan mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalar uchun kadrlar zahirasini shakllantirish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan bo‘lib, hozirgi kunda respublikamizning 6 ta viloyatida 320 nafar ish bilan band bo‘lmagan mutaxassislarni kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida bepul 4 kunlik maxsus o‘quv kurslarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Albatta, bunday sayi-harakatlardan ko‘zlangan maqsad, Oliy ta’lim dargohlarini tamomlayotgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga va eng asosiysi ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga amaliy yordam beradi. Hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya Respublikasi va jami 32 mamlakatlar o‘rasida standartlashtirish, sertifikatlash, muvofiqlikni baxolash, akkreditatsiya va metrologiya soxalarida bitim va kelishuvlar mavjud. Hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya Respublikasi va jami 32 mamlakatlar o‘rasida standartlashtirish, sertifikatlash, muvofiqlikni baxolash, akkreditatsiya va metrologiya soxalarida bitim va kelishuvlar mavjud.

Bundan tashqari, agentlik tizimda Xalqaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida, Halqaro Standartlar Tashkiloti (ISO), Halqaro Elekrtotexnika Komissiyasi, Mintaqaviy metrologiya tashkiloti (COOMET), Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash (MGS) va boshqa bir qator halqaro tashkilotlarga a’zo xisoblanadi. Mazkur tashkilotlar bilan olib borilayotgan xamkorlik, mamlakatimizda halqaro standartlarni o‘rganish va ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarda tadbiq qilish, mamlakarlar o‘rtasidagi savdo vaiqtisodiy to‘siqlarni kamaytirish, maxalliy ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlashga olib keladi.

Yana shuni eslab o'tish kerakki, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish maqsadida, «Halol», «GLOBAL G.A. », «ORGANIC » singari halqaro standartlarni ham yurtimizda tadbiq qilish jarayonlari olib borilmoqda. “O‘zstandart” agentligi mazkur soxalarni rivojlantirishda xorijiy tajribani o‘rganishga katta axamiyot qaratgan bo‘lib, bir qator xorijiy mamlakatlar bilan xodimlarning malakalarini oshirish to‘g‘risida, o‘quv seminarlar tashkil qilish borasida bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Albatta, biz qilgan ishlarimiz va yutuqlarimizning soyasida qolib ketmaymiz. Har gal Davlatimiz Rahbarining ma’ruzalarini tinglaganimda yuragim, qalbim bezovtalanadi. Prezidentimiz va xalqimiz bizdan ko‘p narsani talab qilayotgani yo‘q. Faqatgina fidoiylikni, xalollik va sadoqatli bo‘lishni so‘rayaptilar.

Aslida bu komil insoniylik fazilat va xayotimizni asosiy me’zoni bo‘lishi kerak. Shunga ham amaliy yordam beraolmasak, befarq, loqayd bo‘libbir chetda tomoshabin bo‘lib tursak, bu vijdonli insonga xos fazilat bo‘ladimi?

O‘z ishinishunchaki qo‘l uchida befarqlik bilan bajarmoqchi bo‘lgalarga, o‘z manfaatlarini millatimiz, xalqimiz manfaatlaridan ustun qo‘yuvchilarga oramizda o‘rin yo‘q desam xato bo‘lmaydi.

Shunday ekan, “O‘zstandart” agentligi jamoasi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlashga, eng muhimi ichki bozorlarimizni, va xalqimizni sifati kafolatlangan mahsulotlar bilan ta’minlashga kamarbasta bo‘lishlariga ishonaman.

Zero “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi ostida yorliqlangan mahsulotlaryaqin vaqtlarda jahonning nufuzli bozorlarida o‘zining munosib o‘rnini egallaydi.

“O‘zstandart” agentligi jamoasida berilgan topshiriqlarni bajarishda tegishli resurs va imkoniyatlari yetarlicha mavjud.

Bugun gap xalqimiz, vatanimiz taqdiri va kelajagi to‘g‘risida ketmoqda. O‘zimiz o‘zimizga hiyonat qilmasak, ko‘zlagan marraga Xudo xoxlasa albatta yetamiz!

 

Abduhamid Karimov.

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori.

Texnika fanlari doktori, xalqaro toifadagi ekspert.