“O'zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan navbatdagi Sayyor uchrashuvi Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida tashkil etildi.

Sayyor uchrashuvi Bo'ka tumani hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilib unga tumanda faoliyat ko'rsatib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslar taklif etildi. Yig'ilishda “O'zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A.Rasulov, Toshkent viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig'i A.Dodoev, SMSITI direktori o'rinbosari A.Muhitddinov Bekobod Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori J.G'aniev va SMSITI bo'lim boshlig'i J.Murodov ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan “O'zstandart” agentligi Matbuot kotibi A.Rasulov so'zga chiqib, agentlikning ustivor yo'nalishlari va muhim faoliyati, o'tkazilayotgan sayyor qabulning maqsadi, va boshqa bir qator masalalar yuzasidan atroflicha ma'lumot berdi.

Shundan so'ng, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari A.Muxitdinov, Toshkent viloyati SMB boshlig'i A.Dodoev, Bekobod Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori J.G'anievlar so'zga chiqib, uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, korxona va tashkilotlar bilan qay tarzda hamkorlikni yo'lga qo'yish, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishning avfzalliklari kabi masalalari yuzasidan keng ma'lumotlarni berish bilan birga, tadbirkorlarning ko'plab savollariga javob berdilar. Bunday uchrashuvlar kelgusida viloyatning boshqa tumanlarida ham o'tkazilishiga kelishib olindi.