“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 7 iyun kuni soat 11.00da Siraryo viloyatining Bayovut tumani hokimligi binosida tadbirkorlar va kichik biznes vakillari ishtirokida tashkil etiladi.
Mazkur tadbirda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari J.Mirsaidov ishtirok etadi. Siz ham sayyor qabulda faol qatnashib, tadbirkorlik faoliyatingizda Standartlashtirish, metrolgiya va sertifikatlashtirish tartibotlari bilan bog‘liq o‘zingizni qiziqtirayotgan savollaringiz bilan qatnashishingiz mumkin.

Axborot xizmati