Joriy yilning 23 fevral kuni “O’zstandart”agentligining bosh binosida, agentlik boshqarma boshliqlari hamda Respublika va hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari qoshidagi laboratoriya boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishni “Respublika SSM” DK direktor o‘rinbosari Faxriddin Samatov, “O’zstandart” agentligi muvofiqlikni baholash boshqarmasi boshlig‘i Odil Tohirov, Standartlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zoir Amanov va “Respublika SSM” DK ning rivojlantirish va innovatsiya masalalari bo‘yicha Bosh mutaxassisi Alisher Matxalilov olib bordilar.

Mazkur yig‘ilishda Respublikadagi mahalliy ishlab chiqaruvchi hamda ekportyor korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni xalqaro talablar darajasida sinash va natijalarni xalqaro tan olinishiga erishishni ta’minlashda tizim tashkilotlaridagi sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalarini eksportga yunaltirilgan oziq-ovqat va qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha qabul qilingan (CODEX STAN, YeEK OON, FFV va FAO/VOZ) xalqaro standartlarga akkreditatsiya doiralarini kengaytirishda mavjud muammoli savollarga tegishli javoblar olindi.