“Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” DKning tashabbusi bilan xodimlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Navbatdagi uchrashuvni markaz direktori Ulug‘bek Amirqulov ochib, ma’naviyat soati “Ma’naviyat, odob-axloq va ma’rifat” mavzusiga bag‘ishlanganligi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tadbirga Qarshi Davlat Universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Abdurahim Erkaev ham taklif etildi.

Uchrashuv davomida xodimlarga yozuvchi Abdurahim Erkaevning ma’naviyat va ma’rifat masalalari yuzasidan “Istiqlol va til siyosati”, “Milliy mustaqillik tushunchasi”, “Duxovnost-energiya nezavisimosti”, “Ma’naviyat-millat nishoni” kabi  o‘nga  yaqin  kitoblari  va  ilmiy  publitsistik maqolalari chop etilgani haqida ham keng ma’lumotlar taqdim etildi.

Mavzu yuzasidan  A.Erkaevning O’zbekiston Respublikasi  mustaqil taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘ygach, milliy siyosatimizda ma’naviyat masalalari muhim o‘rin tutganligi, bugungi kunda xalqimizning nafaqat iqtisodiy yuksaklikka, balki ma’naviy yetuklikka ham intilayotganligi hamda  ma’naviyat tushunchasi haqida, uning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida markaz ishchi, xodimlari ishtirokida  ma’ruzasi tinglandi.

 Uchrashuv jarayonida  davra ishtirokchilariga ma’naviyatni inson hayotidagi o‘rni qanchalik yuqori ekanligi, jamiyatni tom ma’noda rivojlanishi uchun iqtisodiyot bilan bir qatorda, ma’naviyat ham rivojlanib borilishi lozimligi to‘g‘risida kengroq tushunchalar berildi. Ma’ruza so‘ngida, bugungi kunda – yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, oldimizda turgan eng muhim va dolzarb vazifalarimizdan biri ekanligi to‘g‘risida  to‘xtalib  o‘tdilar.

Ma’ruza tugagandan so‘ng mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.