Joriy yilning 10 dan 12 apreligacha Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida KOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitaning 16-chi yig‘ilishi va KOOMET Qo‘mitasining 28-chi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: KOOMET (COOMET, cooperation metrologique) Yevro-Osiyo davlatlari metrologik tashkilotlari hamkorligining hududiy metrologik tashkiloti.
Yig‘ilishda 17 mamlakat ishtirok etdi. Yig‘ilish kun tartibi qabul qilindi, 27-chi yig‘ilishda qabul qilingan qarorlarning bajarilishi to‘g‘risida KOOMET Qo‘mitasining 27-chi yig‘ilishi bayoni taqdim etildi.
Yig‘ilishda Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitaning joriy faoliyati to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi. YeEK va KOOMET o‘rtasida o‘lchashlar birililigini ta’minlash sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi muhokama qilindi.
Shuningdek KOOMET va MGS o‘rtasida metrologiya sohasidagi hamkorlik va mustahkam aloqalar hamda hamkorlik istiqbollari to‘g‘risidagi bayonini, Qo‘mita strukturaviy idoralarining tarkibini aktuallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, metrologiya institutlarida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, xalqaro, hududiy va milliy metrologiya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘tarildi, bu esa o‘z navbatida KOOMET bilan qamrab olinadigan hududlarda o‘lchashlar birililigini ta’minlashga imkon yaratadai va qonunlashtiruvchi metrologiya sohasida metrologik infratuzilmalar rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Yig‘ilishlar o‘tkazilishi borasida “O‘zstandart” agentligi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” nomidan uning direktori A.A.Daminov Bosniya va Gersegovina Metrologiya instituti, Xitoy Metrologiya instituti, Qozog‘iston “KazInMetr” RGP, Moldova Metrologiya instituti va Ukrainaning Ivano-Frankovsk Metrologiya instituti bilan metrologiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzoladi.
Tomonlar metrologiya sohasida hamkorlikni rivojlantiradi, birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi, tajriba almashilishi, mutaxassislar uchun birgalikda seminarlar tashkil qilinishi, shuningdek etalonlar tarkibi, etalonlarning texnik va metrologik tavsiflarini takomillashtirish, yaxshilash va oshirish usullari bo‘yicha axborot almashilishi rejalashtirilmoqda.