Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil - “Faol tadbirkorlik,innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvatlash yili” dasturi asosida belgilab bergan topshiriqlari, hamda 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-son qarori asosida 2017-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbir ishlab chiqildi.

“Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi ” DK ning “O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruvi” bo‘limi tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart”agentligi rivojlantirish reja dasturiga kiritilgan MS-40 uskunasini xarid qildi. Ushbu uskuna aholi va tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan elektron ultra tovushli va maishiy gaz xisoblagichlarni qiyoslashga mo‘ljallangan bo‘lib, Qo‘qon shahri va yettita atrof tumanlarga xizmat ko‘rsatadi.

Bu o‘z navbatida zamonaviy dastgohlar yordamida yangi turdagi qiyoslash usullarini bajarilishi, tadbirkorlarga vaqt va energoresurslarini tejashga,hamda markazga qo‘shimcha yillik 17,5 mln.so‘mlik daromad olib kelmoqda.