Aslida insoniyat uchun taraqqiyotga erishish unchalik ham murakab ish emas. O‘z ustida ishlash, xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamon bilan hamnafaslikda yashash va eng muhimi o‘z manfaatlaridan ko‘ra xalq manfaatlarini ustun qo‘yish kabi g‘oyalari bilan mehnat qilish ko‘zlangan taraqqiyotga olib borishi shubhasiz.
Ammo, taraqqiyot yo‘li biz o‘ylagandek, yon atrofi gullar bilan bezatilgan ravon yo‘ldan iborat ham emas. Bu yo‘lda shaxsiy manfaatlarning to‘qnashuvlari, faqat o‘z manfaatni o‘ylash, xudbinlik va eng ayanchlisi korrupsiya degan balo borki, bu illatlarning ildiz otishiga biroz fursat berilsa tomom.....
Bugun yurtimizda keng quloch yozgan islohotlarning shiddati, yuqorida sanab o‘tgan illatlarning tomir otishiga yo‘l bermaydi. Shundoq ham o‘tgan yillar davomida bir guruh firibgarlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, talon-tarojlar taraqqiyotimizni boshi berk ko‘chaga olib kirdi.
Muhtaram Prezidentimizning sayi-harakatlari bilan xalqimizning manfaatlari e’zozlanmoqda. Adolat tarozisining muruvvatlari to‘g‘ri ishlashga harakatlar bo‘lmoqda.
“O‘zstandart” agentligi tizimida ko‘plab uchrashuv va ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yilib, mazkur tadbirlarda xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, ta’magirlik illatlariga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlari xususida ma’ruzalar va ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvga Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” masjidi imom xatibi M.Abduqodirov taklif etildi.
Uchrashuv muborak ramazon oyiga to‘g‘ri kelganligi bois, domla barchani qutlug‘ kunlar bilan tabrilab, xodimlarni o‘z ishlariga halol va vijdonan yondoshuvlarini hamda ta’magirlik illatlaridan uzoq yurishlarini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv nihoyasida ko‘plab xodimlar o‘zlaridagi savollariga javob oldilar.