O‘zbekiston Afg‘onistonni yaqin qo‘shni va do‘st mamlakat deb biladi. Shuning uchun qo‘shni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatilishi, savdo, iqtisodiyot, transport, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlanishi uchun barcha sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 13 avgust kuni Surxondaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi rahbarlari va Afg‘oniston Islom Respublikasi Mozori Sharif viloyati “Muttaqizoda” MChJ rahbarlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, Surxondaryo Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i G‘.Karimov, Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori F.Hamdamov va Afg‘oniston Islom Respublikasi Mozori Sharif viloyati “Muttaqizoda” MChJ raxbarlari Muttaqizoda Moxammad Asif, Rasoul Moxammad Arif bilan ikki davlat korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, qo‘shma korxona ochish ya’ni elektron tarozilar, bosim o‘lchash asboblari (manometr) ishlab chiqarish masalasida muzokaralar olib borildi.

Axborot xizmati