Odamzotga yaratguvchi tomonidan cheksiz imkoniyatlar berilgan. Tafakkur qilish,o‘zi tug‘ilib kindik qoni tomgan ona-vatanni sevib ardoqlashi va olamdagi barcha go‘zalliklardan bahramand bo‘lish kabi ne’matlar ato etilgan.

Odamzotga yaratguvchi tomonidan cheksiz imkoniyatlar berilgan. Tafakkur qilish,o‘zi tug‘ilib kindik qoni tomgan ona-vatanni sevib ardoqlashi va olamdagi barcha go‘zalliklardan bahramand bo‘lish kabi ne’matlar ato etilgan.

Bulardan tashqari, odamzotga shirin xayollar og‘ushida bo‘lish imkoni ham berilgan. Ba’zida o‘z hayotida yetishaolmagan niyatlariga, orzu-umidlariga faqatgina xayolan erisha oladi. Bu ham bir insonga tasalli beradigan katta omillardan biri deyish mumkin.

Ayniqsa, biz yozning qaynoq damlari ortda qolib, kuzning salqin saharlariga duch kelganimizda va daraxt barglari sarg‘aya boshlagan damlarda beixtiyor xayol og‘ushiga cho‘mamiz. Shuning uchun aytsalar kerakda, kuz sarhisoblarga boy fasil deb.

Biz o‘zimiz bilib-bilmay har kuni o‘z-o‘zimizga sarhisob beramiz. Ammo kuzning sarhisobi boshqacha bo‘ladi. Umrimizning yana bir oldin varaqlari g‘ohida shirin, gohida tashvishli xotiralar bilan to‘lib borayotganiga amin bo‘lamiz.

Umrimiz kitobining sahifalari nimalar bilan to‘layapti, kimlarga qanday yaxshilik qilishga ulgurdik, qancha dardman ko‘ngillarga malham bo‘ldik, vatan taraqqiyotiga qanchalar o‘z hissamizni qo‘shdik... bu kabi savollar bilan yuzma-yuz kelganimizda beradigan javobimiz qanday bo‘ladi?

Hayotimizda o‘lchovni qanday mezonlarga asoslanib belgiladik. Oltin kuz og‘ushida shunga o‘xshash savollar va turli o‘ylar har birimizni ko‘ngillarimizdan o‘tsa ajabmas.

Ona tabiat bag‘rida kechayotgan o‘zgarishlar, kechagina yam-yashil libosdagi daraxt barglari xazonrezgiga aylanib borayotgani, daryolarning salqin tortgani, hatto qushlarning sayrashlaridagi horg‘inlik ham  hayotning o‘tkinchi ekanligini kuylayotganga o‘xshaydi.

Shunday ekan, cheksiz savollarga jo‘yali javoblarimizni xijolat chekmagan holda beraylik. Ortimizga bir qarab, qilgan ishlarimizga tanqidiy o‘z bahomizni beraylik.

Shu o‘rinda bir donishmandning quyidagi hikmatli o‘gitini eslash o‘rinlidir. Bir kuni Hazrati Xoja (ya’ni Abduxoliq G’ijduvoniy)ga savol berdilar: “Dilning farog‘ati nimadan hosil bo‘lur?” Hoja buyurdilarki, dilning farog‘ati-uning tasfiti-ya’ni pokligidadir. Agar ul dilga dunyo molidan zarrae tama’ bo‘lmasa, dil farog‘atda bo‘lur.

Yuraklarimiz, ko‘ngillarimiz va qalblarimizni pok holda tutaylik. O’z ishimiz va o‘tayotgan oltindanda qimmatli vaqtdan unumli foydalansak etaga ko‘ngillarimizda tugun qolmaydi.

Oltin kuz barchamizga muborak bo‘lsin!

Axborot xizmati