“O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari va agentlikning boshqarma va bo‘limlari, hududiy va tarkibiy tashkilotlarining rahbarlari ishtirok etdi.

Hay’at yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasida joriy yilning 9 oyi davomida Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, “O‘zstandart” agentligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan hisobot davrda bajarilgan ishlarning tahlili hamda kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning rejasi ishlab chiqildi. 

Hay’at yig‘ilishida barcha masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.