O‘zbekiston Respublikasi hududida bekor qilinishi taklif etilayotgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar ro‘yxati loyihasining yangi tahririning muhokamasi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini 6-bandini ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zstandart” agentligi tomonidan keng ko‘lamda muhokama qilingan O‘zbekiston Respublikasi hududida bekor qilinishi taklif etilayotgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar tahlil qilindi va ularning ro‘yxatining loyihasi tayyorlandi.
Joriy yilning 28 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida bekor qilinishi taklif etilayotgan, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar ro‘yxati loyihasi vazirlik va idoralarning vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib muhokama qilindi.
Vazirliklar, idoralar, tadbirkorlik sub’ektlarining taklif va xulosalarini inobotga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida bekor qilinishi taklif etilayotgan, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar ro‘yxati loyihasining yangi tahriri tayyorlandi.
Loyiha bo‘yicha taklif va xulosalar 2016 yil 5 dekabrgacha quyidagilarga yo‘naltirilishi lozim:
- quyidagi manzil bo‘yicha «O‘zstandart» agentligiga: Toshkent sh., Farobiy ko‘chasi, 333 A, tel: 202-00-11 (1017),
E-mail: stand@standart.uz, E-xat: Standart@e-xat.uz;
- quyidagi manzil bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi «Axborot-ma’lumot markazi» DKga: Toshkent shahri Farobiy ko‘chasi, 333 A, tel: 249-18-66,
E-mail: infocenter@standart.uz.