O‘lchash imkoniyatlari kengaymoqda.


“O‘zstandart” agentligi “Metrolgiya xizmatlari ko‘rsatish” Davat korxonasining raditexnika kattaliklar va ionlashtiruvchi nurlanishni o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo‘limida oxirgi uch oy ichida akkreditatsiya doirasi tibbiyot sohasida va optik tolali aloqa kabelari parametrlarini o‘lchashda ishlatiladigan o‘lchov vositalarini qiyoslash va kalibrlashga kengaytirildi. 
O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi sohasida me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish ishlari ham davom etilmoqda. Masalan «UNICON UZ»DUK va «Uzbektelekom» AK bilan hamkorlikda tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan o‘lchash vositalarining qiyoslashni reglametlovchi to‘rtta me’yoriy hujjat ishlab chiqildi. Bu me’yoriy hujjatlar optik attenyuatorlar, reflektometrlar, nurlanish manbaalari va shuningdek optik nurlanish quvvatini o‘lchagichlarni qiyoslash uslubiyatlarini reglamenlaydi.