Tadbirkorga ko‘mak

Kichik biznes sub’ektlari va fermer xo‘jaliklariga eksport bo‘yicha, xalqaro talablar yuzasidan to‘liq ma’lumotlarini taqdim etish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi qoshidagi “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” faoliyati hamda mahsulotlarini eksportga ishlab chiqaradigan korxonalarga standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi mamlakatlararo talablar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi. Eng muhimi ushbu ma’lumotlar “O‘zstandart” agentligining rasmiy veb-saytiga (http://www.standart.uz/ru/page/view?id=52) tizimli joylashtirib borilmoqda.