Yangi uzilgan anor uchun yangi standart

2017 yil 1 – yanvardan anorga oid yangi standart joriy etiladi (ГОСТ 27573-2013)

“O‘zstandart” agentligining tegishli qarori bilan Davlatlararo standart tasdiqlandi hamda Davlat ro‘yxatiga kiritildi. Mazkur standart 2017 yil 1 yanvardan boshlab tadbiq etiladi.

2016 yilda ro‘yxatga kiritilgan, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarning to‘liq ro‘yxati bilan bizning saytimizda joylashgan “Standartlarni amalga kiritish va bekor qilish qarorlari” sahifasida tanishishingiz mumkin.

Standartlar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agentligi “Axborot – ma’lumot markazi” davlat korxonasiga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333A, tel: 249-18-66, e-mail: infocenter@standart.uz.