Metil spirtining inson organizmiga xavfi!

Metil spirti (metanol) – barcha spirtlar orasidagi yuqori toksik bog‘larga ega bo‘lgan spirtdir. U odam organizmida etil spirtiga nisbatan sekinroq oksidlanadi, oksidlanish natijasida turi xildagi zaharli moddalar ajralib chiqadi.

Metil spirti oshqozon va ichakda tez so‘riladi. Metanolning deyarli 90% jigardagi alkogoldegidrogen fermenti yordamida metobolizga uchraydi, natijada yuqori toksiklikka ega bo‘lgan formaldegid va chumoli kislotasi ajralib chiqadi. Shu bois, metanol asab va qon-tomir tizimlariga kuchli ta’sir qiluvchi zaxarli modda hisoblanadi. Metanolning toksik ta’siri markaziy asab tizimini, modda almashinuvi tizimini buzilishi (organizmdagi kislota va ishqoriylik balansini buzilishi), ko‘rish tizimi nerv hujayralariga jiddiy zararlar yetkazadi.

Metanol bug‘idan nafas olgandagi o‘tkir zaxarlanish hollari kam uchraydi. Uni istemol qilish xavflilik darajasi: 5-10 ml istemol qilinganda kuchli zaxarlanish va ko‘rlikni, 30 ml istemol qilinganida esa o‘lim holatiga olib keladi.

O‘tkir zaxarlanish holatlarida chanqash, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘rish qobiliyatini keskin buzilishi yoki umuman ko‘rmaslik xollari; og‘irroq xollarida - sianoz (teri rangi va shilliq qavatidagi o‘zgarishlar), nafas olishni qiyinlashishi, ko‘z qorachiqlarini kengayishi, sudorogi va nafas olishini to‘xtab qolishi natijasida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘p miqdorda istemol qilinganda zaxarlanishda 2-3 soat ichida o‘lim xolatiga olib keladi. 

Surunkali zaharlanishda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, holsizlik, oshqozon-ichak tizimini yallig‘lanishi, jigar va yurak soxalarida og‘riqlar sezish, ko‘rish tizimini yomonlashishi holatlari kuzatilishi mumkin.