Sifat menejmenti tizimlari sertifikatlarini chet davlatlarda tan olinishiga erishish

“O‘zstandart” agentligining Andijon va Samarqand sinov va sentifikatlashtirish markazlari qoshidagi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini xalqaro akreditatsiyadan o‘tkazish dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilning 1-choragida Andijon va Samarqand sinov va sentifikatlashtirish markazlarining menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralarini Turkiyaning “TURK AK” akkreditatsiya idorasidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari o‘z nihoyasiga yetkaziladi. Buning natijasda sifat menejmenti tizimlari sertifikatlari chet davlatlarda tan olinishiga erishiladi.