Denov aholisi uchun yana bir qulaylik

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati Surxondaryo viloyatining Denov tumani aholisining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Termiz shahridan qarib 150 km. uzoqlikda joylashgan Denov tumani markazida Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazining yangi bo‘linmasi tashkil etildi.

Bo‘limning tashkil etilishi natijasida, Surxondaryo viloyatining Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlari aholisiga elektr va maishiy gaz hisoblagichlar servis xizmati ko‘rsatiladi. Eng muhimi, endilikda aholiga yaqin joyda qiyoslanishi yo‘lga qo‘yildi hamda aholi va tadbirkorlarning Termiz shahriga borish va kelish xarajatlari tejalishiga erishildi.

Shuningdek, yangi 2017 yilda Surxondaryo viloyati Markazidan uzoqda joylashgan Sherobod tumanida ham huddi shunday bo‘lim ochish rejalashtirildi. Ushbu bo‘lim tashkil etilishi natijasida viloyatning Sherobod, Muzrabot, Angor, Qiziriq va Boysun tumanlarida servis xizmati yo‘lga qo‘yiladi hamda aholining Termiz shahriga borish va kelish harajatlarini tejalishiga erishiladi.