Insonning ko‘ngli hamisha go‘zallika talpinib undan kuch-quvvat oladi. Ayniqsa, tabiatdagi o‘zgarishlar har birimizning qalblarimizga ajib bir xushnidlik olib kirishi bilan bir qatorda, yangi-yangi rejalar ustida ishlashga, faollika undaydi.

Qishning sovuq, izg‘irinli kunlari ortda qolib, olam yam-yashil ko‘klam libosiga burkangan ayni damlarni barchamiz sog‘ingan edik. Bahorning tashrifi dastlab go‘zal ayollarimizning yuz-ko‘zlarida bo‘y ko‘rsatadi. Shu bois Ayol-Bahor degan e’zozli kalomlar yonma-yon yuradi.

Jannatmakon yurtimizning boshqa joylarida bo‘lgani kabi, ayni bahorning boshlanishi “O‘zstandart” agentligi jamoasi tomonidan o‘zgacha xursandchilik va yaxshi kayfiyat bilan kutib olindi. Ayni fayzli kunlarda “O‘zstandart” agentligi tizimida ham istiqbolli, hayotbaxsh rejalar ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Agentlik Bosh direktorining topshirig‘iga ko‘ra, hududlarni obodonlashtirish, daraxtlarga ishlov berish, mevali, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.

Eng muhimi, agentlik rahbariyatining tashabbusi bilan yaqinlashib kelayotgan xotn-qizlar bayramiga qizg‘in tadorik ko‘rilmoqda.

Bayram bahona tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan lobar va latofatli ayollarimizga yana bir bor e’tibor ko‘rsatilib, ularni moddiy va ma’naviy tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlari bajariladi.

Albatta, inson doimo yaxshi so‘z, e’tibor va mehrdan quvvat oladi. A’lo kayfiyatli odamning ishida esa unum va baraka bo‘ladi.

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan bu kabi harakaktlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning kayfiyatlarini ko‘tarish orqali, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Barchangizni yana bir bor bahorning ilk tashrifi bilan tabriklaymiz.