ISO 9001 standarti talablari asosida sifat sertifikati taqdimoti

«O'zbek-TurkTestMarkazi» MChJ QK tomonidan «XORAZM TEX» MChJga ISO 9001 standarti bo‘yicha xalqaro sifat menejment tizimi sertifikati topshirildi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, «O'zbek-Turk Test Markazi» MChJ QK sertifikatlashtirish idorasi auditorlari tomonidan «XORAZM TEX» MChJ korxonasi ISO 9001:2015 xalqaro standart talablariga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.

«XORAZM TEX» MChJ korxonasi sifat menejment tizimini barcha auditor tekshiruv bosqichlaridan o‘tdi, hujjatlar tekshirildi, xom-ashyo va ishlab chiqarish sharoitining xavfsizligi hamda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning yuqori sifatliligi tasdiqlandi.

ISO 9001 sertifikati «XORAZM TEX» MChJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda yuqori sifatini ta’minlash hamda ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida turli xil xatarlarni kamaytirish va baholash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mijozlar hohishi va talablar qanoatlantirilganligini aniqlashga imkoniyat beradi.