Standartlashtirish bo'yicha Texnik qo'mitalarga va texnik jihatdan tartibga solish bo'yicha Ekspert kengashlari uchun Ilmiy-amaliy seminar tashkillashtirildi

Joriy yilning 2-4 may kunlari Standartlashtirish, metrologiya va sertfikatlashtirish ilmiy - tadqiqot institutning majlislar zalida Standartlashtirish bo'yicha Texnik qo'mitalarga va texnik jihatdan tartibga solish bo'yicha Ekspert kengashlarning faoliyatini taomillashtirish yuzasidan “Xalqaro standartlarni joriy etish va texnik reglament ishlab chiqishdagi amaliy jihatlari va dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy amaliy seminar tashkillashtirildi. Seminarda turli vazirlik va idoralardan 40 yaqin Texnik qo'mitalar va Ekspert kengashlarning a'zolari hamda “O'zstandart” agentligining mutaxassislari ma'ruzachi sifatida ishtirok etishdi. Vazirlik va idoralarning mutaxassislari bugungi kundagi texnik reglamentlar ishlab chiqishdagi va xalqaro standartlarni joriy qilishdagi muammamolar bo'yicha hamda ularni echishdagi masalalar bo'yicha o'rtoqlashishdi. Ushbu seminar joriy yilning 4 mayiga qadar Standartlashtirish, metrologiya va sertfikatlashtirish ilmiy - tadqiqot institutning majlislar zalida (Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Chopon-ota ko'chasi, 9 “V”) davom etadi.