Korxonalarda halqaro standartlar asosidagi sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish – korxona eksport saloxiyatini oshirish garovidir


Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi uchun xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va respublikamizda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish masalasi quyilgan. Bu tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida xalkaro ISO standartlari talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylangan.
Ushbu mavzuni yoritish maqsadida joriy yilning 4 may kuni “Respublika sinov va sertfiikatlashtirish markazi” davlat korxonasi ishtirokida “O‘zbek-Turk test markazi”da matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanida “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori J.N.Shukurov, Sifat tizimlarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i A.R.Rasulov, “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari Z.A.Xamidova, “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi rahbari F.G.Shakirova ishtirok etishdi. 
Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zlarining prezentatsiya materiallari bilan ishtirok etib, xalqaro ISO standartlarining joriy etilishi mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirilishida, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyo bozorida raqobatbardoshliligini oshirishda, xamda mahalliy va xorijiy iste’molchilar ishonchini qozonishda tutgan ahamiyati va o‘rni hakida ma’lumot berishdi. 
Mamlakatimiz korxonalarida sifat tizimlarini joriy etib sertfiikatlashtirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari ahamiyati katta. Bugungi kunga kelib ularning sonini 27 taga yetkazildi, shundan 10 ta sertifikatlashtirish idoralari xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan idoralar hisoblanadi.
Prezidentimizning 2017 yil 28 apreldagi “Uzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertfiikatlashtirish agentligi faolityaini takomillashtirish choralari tug‘risida”gi PQ2935 sonli qaroriga asosan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlash va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida 2017-2020 yilga qadar 9158 ta (2017 yilda 2096 ta, 2018 yilda 2216 ta, 2019 yilda 2387 ta va 2020 yilda 2459 ta) korxonalarda menedjment tizimlarini joriy etish belgilangan.
Ushbu qarorning maqsadi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish, xalqaro standart va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish hamda Respublika milliy etalonlar bazasini rivojlantirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda Agentlik strukturasini xalqaro talablarga muvofiq shakllantirishdan iborat
Shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan idoralar qatoriga “RSSM” DK ning Andijon va Samarkand hududiy sinov va sertfikatlashtirish markazlari qoshida tashkil etilgan sifat tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari xam qo‘shildi.
“Samarkand SSM” DKning SMT sertifikatlashtirish idorasi tomonidan yengil sanoat, qurilish, mexmonxona va restoran xizmatlari, nashriyot, moliyaviy vositachilik va ko‘chmas mulk ijarasi, ta’lim sohalari bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalarni halqaro darajada sertifikatlashtirish amalga oshirilsa, “Andijon SSM” DKning SMT sertifikatlashtirish idorasi tomonidan metall va metall mahsulotlari, transport vositalari, ulgurji savdo, mashina va mototsikllarni ta’mirlash va xo‘jalik mahsulotlari, jamiyat boshqaruvi, ta’lim sohalari bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro darajada sertifikatlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. 
Natijada ushbu korxonalar tomonidan ishlab chikarilayotgan maxsulotlar va xizmatlar xalkaro darajada tan olinishiga erishiladi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarni davom ettirgan holda aytish mumkinki, respublikamizda standartlashtirish sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish sohalarida amalga oshirilayotgan isloxotlarning uzluksiz davom ettirilishi barcha mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini halqaro miqyosda tan olinishini asosiy omillaridan biridir. Inchinun, mahsulot ishlab chiqaruvchilarni halqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni halqaro darajada tan olinishi erishilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarimizni mustahkamlaydi.