Joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorining e’lon qilingani shubhasiz soha vakillarini behad xursand qilish bilan birga, ular zimmasiga katta masu’liyat ham yukladi.
“O‘zstandart” agentligi Axborot ma’lumot markazi tomonidan mazkur qarorning ijrosi yuzasidan bir qator e’tiborga molik ishlar bajarilmoqda.
Agar tahlil natijalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak markaz tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida 352 ta me’yoriy hujjatlar ekspertizadan o‘tkazildi. E’tiborli jihati shundaki, o‘tgan vaqt ichida markaz xodimlarining tashabbuslari bilan 324 ta standartlar davlat ro‘yxatiga olindi.
Bulardan tashqari Respublikamizning 55 ta tashkilotlariga 61 ta standartlarni ishlab chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatildi.