Buxorolik Nilufar Safarova xizmat ko‘rsatish sohasida oilaviy korxona tashkil etgan. 

Zamonaviy uslubda pardozlash, turmaklash ishlari yo‘lga qo‘yilgan “Go‘zallik saloni” doim mijozlar bilan gavjum. 

Tikuv sexida eksport uchun yostiq jildlari, choyshablar tayyorlanadi. 

Oilaviy korxonada 8 kishi doimiy ish o‘rniga ega. Shuningdek, bir necha xotin-qiz kasanachilik asosida tikuv ishlariga jalb etilgan.