Uzbek Agency for
Technical Regulation

CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i

 

Telefon: 0 (371) 202-00-11 (1005)

Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

Qabul kunlari: Dushanba-juma: 09-00 dan 18-00 gacha 

Elektron pochta: stand@standart.uz

Asosiy vazifalari:

  • Respublika hududlarida standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining siyosatini ishlab chiqadi va olib boradi.
  • Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari faoliyatini huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan muvofiqlashtiradi.
  • Hududiy SMBlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-uslubiy, meyoriy hujjatlar va texnik bazasini yaxshilashga doir takliflarni ko‘rib chiqadi.
  • Avtomatik informatsion tizimda davlat nazorati va tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi malumotlar bazasini shakllantirilishini tashkillashtiradi.
  • Tashkilotlar, jamoat birlashmalari, davlat idoralari, ijroiya hokimiyatning mahalliy organlaridan tushgan boshqarma faoliyati bilan bog‘liq hujjat va axborotlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va tahlil etilishini, ularga mos chora va qarorlar qabul qilinishini taminlaydi.
  • Huquqiy va jismoniy shaxslarga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, o‘lchovlar yagonaligini taminlash, istemolchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulot(tovar, ish xizmat)lar sifati va xavfsizligi masalalari bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi. Qonunchilik, tashkiliy-uslubiy va normativ-texnik hujjatlar ishlab chiqishni tashkil etadi va ishtirok etadi. “O‘zstandart” agentligi hududiy organlarining istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada chuqurlashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi.
  • Standartlashtirish va standartlar ustidan davlat nazorati bo‘yicha qo‘shma tadbirlar, asosiy yo‘nalishlar, konsepsiyalar, standartlashtirish masalalari bo‘yicha istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqadi.