«UZSTANDARD» agency

Standartization, metrology and certification
agency of Uzbekistan

CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



“O‘zstandart” agentligi tomonidan e’lon qilinishi-chop etilishi lozim bo‘lgan axborot materiallari ro‘yxati

1. “O‘zstandart” agentligi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, normativ va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2. “O‘zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

3. “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

4. “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5. Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini egallash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.