O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Boshqarma boshlig‘i lavozimga tanlov e’lon qiladi... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Bosh yuriskonsult lavozimga tanlov e’lon qiladi... Brifing... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi...
Nizomni yuklab olish (pdf, 20 Kb)
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini |
|
“O‘zstandart” agentligining |
Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlarining samaradorligi asosida
“O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari
faoliyatini baholash mezonlari to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinshni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4725-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi, “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 17 yanvardagi “Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizomilariga muvofiq ishlab chiqilib, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlarining samaradorligi asosida “O‘zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (keyinchalik matnda – hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
Tadbirkorlik sub’ektlarida (ishlab chiqarish, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish va savdo sanoat sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi) profilaktika ishlari ular tomonidan amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tushuntirish hamda ushbu sub’ektlar tomonidan yuqorida qayd etilgan amaldagi qonunchilikda belgilangan talablarini buzilishini oldini olish, ular faoliyatidagi kamchiliklarni tekshirish o‘tkazishgacha bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlari hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar kuni», seminar va boshqa tadbirlar orqali yoki “Ishonch telefonlari”, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali o‘tkazilishi mumkin.
Hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi hamda ularning samaradorligi quyidagi tartibda baholanadi:
I. Tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi.
II. Profilaktika ishlarining samaradorligi.
III. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi asosida hududiy boshqarmalari faoliyatini baholash.
I. Tadbirkorlik sub’ektlarida profilaktika ishlarini tashkil etilishi va o‘tkazilishi bo‘yicha.
Hududiy boshqarmalarda tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:
1. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qonunchiligiga doir qonun hujjatlari talablarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida qilingan chiqishlar soni:
2. «Ochiq eshiklar kuni» tadbirlarini tashkil etish orqali profilaktika ishlarini o‘tkazish:
3. Tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida seminar, tushuntirish ishlari va davra suhbatlari tashkil etilishi orqali profilaktika ishlarini o‘tkazilishi:
4. Tadbirkorlik sub’ektlarining hududiy boshqarmalari tomonidan qonun hujjatlari talablari aks etgan tarqatma materiallar bilan ta’minlanishi:
II. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi.
5. Tadbirkorlik sub’ektlarida standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatda bartaraf etilishi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari ustidan o‘tkazilgan nazoratda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi darajasi:
6. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshirishlar sonining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi.
7. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan rejali tekshirishlar natijalari tadbirkorlarning tugatilish darajasiga olib kelmasligi.
Oxirgi bir yil davomida tekshirish o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’ektlaridan:
8. O‘tkazilgan tekshirishlarda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qonunchiligi buzilishi holatlari kamayishiga erishish:
9. Hududiy boshqarmalari faoliyati ustidan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kelib tushgan shikoyatlar sonining o‘zgarishi:
III. Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi asosida hududiy boshqarmalari faoliyatini baholash.
Tadbirkorlik sub’ektlarida o‘tkazilgan profilaktika ishlari samaradorligi asosida hududiy boshqarmalari faoliyati har chorak yakuni bilan “O‘zstandart” agentligining Standartlashtirish, davlat nazoratini muvoiflashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi tomonidan ilovadagi jadval shaklida umumlashtirish yo‘li bilan baholanib boriladi.
Baholash natijalariga ko‘ra eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan hududiy boshqarma boshlig‘i va mas’ul xodimlariga tegishli choralar belgilanishi hamda eng yaxshi natijalarga erishgan va yuqori baho olgan hududiy boshqarma boshlig‘i va mas’ul xodimlariga rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi mumkin.
“O‘zstandart” agentlik tomonidan o‘tkazilgan baholash natijalari bo‘yicha ilovadagi jadval shaklida ma’lumot va eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axborot har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ishchi organiga yuboriladi.