Ma’lumki, korrupsiya holatlarining ko‘payishiga sharoit yaratish, ta’magirlik, poraxo‘rlik va tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yish kabi salbiy illatlar har bir jamiyatning taraqqiyoti uchun o‘ta xavfli bo‘lgan salbiy illatlardir.
Qaysiki davlat rivojlanish yo‘lidan borar ekan, mana shunday illatlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Bugun yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayoni, xalqimizni o‘z hayotidan rozi bo‘lib yashashlari yo‘lidagi ezgu siyosatning tub zamirida esa, yuqorida tilga olib o‘tilgan salbiy illatlarga qarshi kurashish asosiy maqsad qilib olingan.
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning topshirig‘i asosida Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan hududiy boshqarma va markazlarda “O‘zstandart” agentligi korrupsiyaga qarshi” shiori asosida uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur seminarlar dastlab 10-11 iyul kunlari Qoraqolpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etishda hududlardagi huquqni muxofaza qilish idoralari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Asosiy maqsad, xodimlar orasida o‘z ishiga fidoiylik bilan yondoshishni keng targ‘ib etish, ta’magirlik va korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradigan omillarning oldini olishga qaratilgan desak xato bo‘lmaydi.