«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI)

   Manzil: 100059, Toshkent sh., Cho'pon Ota ko'chasi, 9 «V»

   Boshqarma boshlig`i: Latipov Vafo Baxranovich

   Telefon:    (0-371) 250-15-00

   Faks: (0-371) 253-71-34

   Ishonch telefoni: (0-371) 253-85-67

   Elektron pochata manzili: info@smsiti.uz

Ish vaqti: Ish kuni: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00

Hudud web sihifasi o`tish: smsiti.uz


Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI)

(SMSITI) Nizomi (pdf, 768 KB)

“O’zstandart” agentligining Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI) standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohasida faoliyat yurituvchi O’rta Osiyo mintaqasidagi yagona ilmiy-tadqiqot instituti va malaka oshirish markazi hisoblanadi.

 

MSITI quyidagi muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi:

  • Standartlashtirish davlat tizimi (O’z SDT) va Sertifikatlashtirish milliy tizimini (O’z SMT) takomillashtirish va rivojlantirish;  
  • O’zbekiston Respublikasida metrologik ta’minot asoslarini o’lchashlar birliligini ta’minlashning normativ bazasini ishlab chiqish va takomillashtirish;  
  • Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash yagona tizimini tadqiq qilish va rivojlantirish;     
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida atamalar va ta’riflarni ishlab chiqish.  
  • SMSITI O’zbekiston Respublikasining Metrologik xizmatlar bosh markazi,  O’zbekiston Respublikasining Standart namunalar bosh markazi va O’zbekiston Respublikasining Putur etkazmasdan tekshirish bosh markazi funktsiyalarini bajaradi.

SMSITI quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi: 

1. Standartlashtirish sohasida:  

  • tarmoqlararo standartlashtirish tizimlarini ishlab chiqish (ishlab chiqishda ishtirok etish); 
  • tarmoqlararo asos bo’luvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish (ishlab chiqishda ishtirok etish); 
  • standartlashtirish, ishlab chiqarishni normativ ta’minlash, texnik tekshiruvni sinash sohalarida tegishli tavsiyanomalarni ishlab chiqish bilan korxona va tashkilotlarni kompleks ravishda tekshirish, sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;    
  • normalashtirilgan tekshiruv, kelishuvning to’liqligini tekshirish, majburiy talablarga muvofiqlikni tekshirish, patent tozaligini tekshirish, ochiq nashr qilinmaydigan ma’lumotlar borligini tekshirish, texnik ekspertiza, iqtisodiy ekspertiza, texnologik ekspertiza, terminologik ekspertiza, huquqiy ekspertiza, nashriyot (ilmiy va adabiy) tahririni o’z ichiga oluvchi barcha darajadagi amal qiluvchi normativ hujjatlar va ularning loyihalarini ekspertiza qilish;
  • normativ hujjatlarning ilmiy-texnik darajasini baholash; 
  • savdodagi texnik to’siqlar bo’yicha BST bitimi talablariga  muvofiqlikni ekspertiza qilish;
  • mahsulotning texnik darajasi va sifati kartalarini ishlab chiqish;
  • ISO XS 9000 seriyasi bo’yicha sifat tizimlarini ishlab chiqish;
  • standartlashtirish, sifatni boshqarish, texnik tekshiruv bo’yicha texnik qo’mitalar, tayanch tashkilotlar va xizmatlar to’g’risida qoidalarni ishlab chiqish;
  • respublikadagi o’quv muassasalari va kadrlar malakasini oshirish tizimi uchun standartlashtirish va mahsulot sifati sohasida dasturlar, o’quv-tematik rejalarni ishlab chiqish;  
  • standartlashtirish, sifatni boshqarish, texnik tekshiruv bo’yicha texnik qo’mitalar, tayanch tashkilotlar va xizmatlar to’g’risida qoidalarni; standartlashtirish va mahsulot sifati sohasida usuliy materiallar, kontseptsiyalar, prognozlar, chora-tadbirlarni ekspertiza qilish; 
  • standartlashtirish va sifat sohasida dolzarb muammolar, ishlab chiqarishni normativ ta’minlash bo’yicha seminarlar o’tkazish (jumladan joylarga borib);
  • standartlashtirish va mahsulot (xizmatlar) sifati sohasida doimiy-amaldagi konsultatsiyani o’tkazish.

2. Metrologiya sohasida: 

  • korxona va tashkilotlarning metrologik xizmatlari, analitik laboratoriyalar, standart namunalar va putur etkazmasdan tekshirish xizmatlarini tashkillashtirish va takomillashtirishda usuliy yordam ko’rsatish;   
  • o’lchash vositalarining turini tasdiqlash bo’yicha sinovlarning texnik hujjatlarini (texnik topshiriqlar, texnik shartlar, sinovlar dasturlari, qiyoslash usuliyatlari loyihalari) ishlab chiqish;
  • o’lchash vositalarining turini tasdiqlash bo’yicha sinovlarni tashkillashtirish va o’tkazish;
  • o’lchash vositalarini, shu jumladan import o’lchash vositalarini, metrologik attestatlash bo’yicha barcha ishlar kompleksini o’tkazish;   
  • kerakli hujjatlarning kompleksini ishlab chiqqan holda o’lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatlash;  
  • analitik tekshiruv xizmatlarini attestatlashga tayyorlash;
  • standart namunalarning tayanch tashkilotlari sifatida  laboratoriyalarni (tashkilotlarni) akkreditlashga tayyorlash;
  • standart namunalarni ishlab chiqish va tayyorlashda usuliy va amaliy yordam ko’rsatish;
  • normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;
  • import qilingan standart  namunalarni O’zbekiston Respublikasi hududida qo’llashga ruxsat etish maqsadida ularning hujjatlarini ekspertiza qilish;
  • standart namunalar sohasida marketing tadqiqotlar;
  • putur etkazmasdan tekshirish xizmatlarini akkreditlashga tayyorlash;
  • putur etkazmasdan tekshirish usuliyatlarini attestatlash;
  • davlat metrologik nazorati xizmatlariga bog’liq bo’lmagan, ishlab chiqarish va korxonalarning metrologik ta’minoti holatining auditi.  

3. Sertifikatlashtirish sohasida: 

  • sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) va tekshiruv organlari sifatida tashkilotlarni akkreditlashga tayyorlashda usuliy yordam kshrsatish;
  • mutaxassislarni ekspert-auditorlar sifatida attestatlashga tayyorlash; 
  • bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini yaratishda yordam ko’rsatish.  

4. Texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashsohasida (TIIA):    

  • texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlash bo’yicha normativ hujjatlar bilan ta’minlash; 
  • standartlar umumdavlat tasniflagichi, o’lchovlar va hisoblar, dunyo mamlakatlari valyutalari birligi bo’yicha axborot ma’lumotlari bilan ta’minlash; 
  • TIIA tasniflagichlarini ishlab chiqish masalalari bo’yicha konsultatsiya berish;
  • tasniflash va kodlash sohasida mutaxassislarni tayyorlash.

5. Atamashunoslik va tarjimalar sohasida:   

  • hujjatlarni rus tilidan davlat tiliga (xuddi shunday davlat tilidan rus tiliga) tarjima qilish;
  • texnika sohasida hujjatlarni terminologik ekspertiza qilish; 
  • ta’lim sohasida terminologik standartlarni ishlab chiqish bo’yicha konsultatsiyalar o’tkazish. 

6. SMSITIda akkreditlangan sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish organi quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:    

  • korxona va tashkilotlarning sifat tizimlarini sertifikatlashtirish;
  • ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
  • korxonalar sifat tizimlarining sertifikatlashtirishga tayyorligini baholash.

7. “O’zstandart” agentligi SMSITI Malaka oshirish markazi 

“O’zstandart” agentligi SMSITI Malaka oshirish markazi standartlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo’yicha mutaxassislarning malakasini oshirishni amalga oshiradi. Ta’lim tugagandan keyin mutaxassislarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya va mahsulot sifatini boshqarish sohalarida kasbiy faoliyat olib borish huquqini tasdiqlovchi, kasbiy qayta tayyorgarlik to’g’risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Quyidagi ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislarning malakasini oshiradi:          

  • 9000 seriyasidagi ISO xalqaro standart bazasida standartlashtirish, metrologiya,  sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish asoslari (oliy va o’rta-maxsus o’quv muassasalari o’qituvchilari uchun);
  • standartlashtirish, metrologiya,  sertifikatlashtirish (9000 seriyasidagi ISO XS bazasida sifat tizimi bilan birga) va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish (vazirliklar, mahkamalar, kontsernlar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, tashkilotlar va b.ning rahbar xodimlari uchun);
  • standartlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish;
  • standartlar va o’lchash vositalarining davlat nazorati; 
  • sanoat mahsulotini sinash (sinov laboratoriyalari mutaxassislari uchun);
  • 9000 seriyasidagi ISO XS bazasida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish;   
  • 9000 seriyasidagi ISO XS bazasida sifat tizimini ishlab chiqish va joriy etish (sanoatning MTX uchun);
  • mashinasozlik, engil sanoat, agrosanoat kompleksi, qurilish sanoatida sifatni texnik tekshirishni tashkillashtirish;
  • 9000 seriyasidagi ISO XS bazasida sifat tizimlari bo’yicha hujjatlarni ishlab chiqish (sifat tizimlarini ishlab chiquvchilar uchun);
  • sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini sertifikatlashtirish va akkreditlash qoidalari, ular faoliyatini tekshirish (sertifikatlashtirish organlarining rahbarlari uchun);
  • teplotexnik o’lchash, elektr o’lchash, radiotexnik o’lchash, chiziqli-burchak o’lchash, mexanik o’lchash, hajmni o’lchash, massani o’lchash, kuch va mexanik tavsiflarni o’lchash, vaqt va harakat parametrlarini o’lchash, fizik-kimyoviy o’lchash, tebranish va shovqinni o’lchash, suyuqlik, gaz va bug’ sarfi va miqdorini o’lchash, ionlovchi nurlanish (radiometrik, radioizotop) o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash;     
  • analitik tekshiruvning metrologik ta’minoti;
  • miqdoriy kimyoviy tahlilning o’lchashlarni bajarish usuliyati va ularni metrologik attestatlash;
  • ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti;
  • hujjatlarning metrologik ekspertizasi; 
  • texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni shtrixli kodlash, tasniflash va kodlash bo’yicha ishlarni tashkillashtirish;
  • yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari uchun menejment, marketing va tashkilish psixologiya;
  • normativ hujjatlarni ilmiy-texnik ekspertiza qilish, uyg’unlashtirish, ilmiy-texnik darajasini baholash;
  • mahsulot, xizmatlarni sertifikatlashtirish va sinov bo’linmalarini akkreditlash ixtisosligi bo’yicha ekspert-auditorlikka nomzodlarni tayyorlaydi.
  • (Ta’lim tugagandan keyin mutaxassislarga ekspert-auditor sifatida keyingi attestatlash uchun zarur bo’ladigan, belgilangan namunadagi bitirish hujjati va “O’zstandart” agentligining sertifikati beriladi).  
  • sertifikatlashtirish, metrologiya va mahsulot sifatini boshqarish muammolari bo’yicha “O’zstandart” agentligi va boshqa mahkamalar tizimidagi standartlashtirish, sertifikatlashtirish organlari, sinov bo’linmalari rahbarlari, ekspertlar va ekspert-auditorlar uchun qisqa muddatli seminarlar o’tkazadi. (Ta’lim tugagandan keyin seminar ishtirokchilariga guvohnomalar beriladi).    

SMSITI Malaka oshirish markazi o’qitish muddati bir haftadan olti haftagacha bo’lgan (o’quv kurslarining hajmi 36 dan 216 soatgacha) o’quv guruhlarida ishdan ajralgan holda o’qitishni o’tkazadi, zamonaviy moddiy-texnik baza va mehmonxona kompleksiga ega. O’quv jarayoniga, yuqori ilmiy va pedagogik malakaga ega bo’lgan SMSITIning, respublikaning ilmiy-tadqiqot institutlari va korxonalarining etakchi mutaxassislari jalb qilinadi. Barcha ishlar shartnoma asosida bajariladi. (SMSITI MOM da korxona va tashkilotlarning mutaxassislarini malakasini oshirishga o’qitishning 2016 yil uchun reja-grafigini yuklash, pdf, 130 KB)

SMSITI Malaka oshirish markazi “Reja-grafikda” aytib o’tilmagan ixtisosliklar bo’yicha korxona va tashkilotlarning mutaxassislarini (10 kishidan kam bo’lmagan guruh) o’qitishi mumkin. Tashkilotning so’rovnomasiga binoan SMSITI qiziqtirayotgan ixtisosliklar bo’yicha o’quv-tematik rejasini tayyorlaydi va maruzalarni o’qish uchun professor-o’qituvchilar tarkibini tanlaydi.