«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati


Milliy etalonlar markazi

   Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi 333B

   Boshqarma boshlig`i: Raxmanov Ravshan Kuddusovich

   Telefon:    (0-371) 249-81-54

   Faks: (0-371) 249-81-54

   Ishonch telefoni: (0-371) 249-81-54

   Elektron pochata manzili: nscenter@standart.uz, mem@exat.uz

Ish vaqti: Dushanba-Juma: 09:00 – 18:00. Tushlik vaqti: 13:00 – 14:00

Hudud web sihifasi o`tish: 


Milliy etalonlar markazi Nizomi (pdf)(6,7 mb)

O’zR MEM kattaliklar birligini hosil qilish va saqlash hamda ularning o’lchamlarini namunaviy va ishchi o’lchash vositalariga ishonchli uzatish bo’yicha ilmiy tadqiqot va tashkiliy-usuliy ishlarni olib boruvchi ilmiy tadqiqot tashkilotidir.

O’lchashlar kuzatiluvchanligini ta’minlash maqsadida O’zR MEM Milliy etalonlarni boshqa mamlakatlarning milliy etalonlari hamda xalqaro etalonlar bilan solishtirishni amalga oshiradi, solishtirish natijalarining tahlilini bajaradi. Etalonni saqlash va undan foydalanish qoidalariga muvofiq etalonni saqlash va undan foydalanish shartlariga amal qilinishini ta’minlaydi.

Faoliyatning asosiy yo’nalishlari:

  • O’lchashlar birliligini ta’minlash bo’yicha fundamental, izlanish va amaliy tadqiqotlarni koordinatsiyalash va o’tkazish;
  • Kattalik birliklarining milliy (davlat) etalonlarini yaratish, saqlash, saqlab turish va solishtirish;
  • Kattalik birliklarining qayta tiklanishi va ularning kattaliklarini metrologik xizmat organlarining etalonlariga uzatish;
  • Metrologiya, o’lchashlar birliligini ta’minlash sohalarida yagona ilmiy-texnik siyosat ishlab chiqilishini amalga oshirish;
  • Metrologiya bo’yicha me’yoriy hamda usuliy hujjatlar ishlab chiqish;
  • O’lchash vositalarini davlat sinovlari, davlat qiyoslovi, kalibrlash, metrologik attestatlashdan o’tkazish va boshqa metrologik ishlarni bajarish;
  • Milliy va boshlang’ich etalonlar reestrini yuritish.
  • O’lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatsiyadan o’tkazish;
  • Milliy metrologik institut sifatida hududiy va xalqaro hamkorlik doiralarida metrologiya bo’yicha ishlarda qatnashish;
  • Metrologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirishda qatnashish hamda shu ishlarning uslubiy ta’minlash.

O’zR MEMda quyidagi 9ta milliy boshlang’ich etalon mavjud:

  • uzunlik birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • massa birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • vaqt va chastota birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • elektr sig’im birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • induktivlik birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • bosim birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • o’zgaruvchan tok kuchlanishi birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • suyuqlik sarfi va miqdori birligi milliy boshlang’ich etaloni;
  • havodagi ammiak, tsianid kislotasi, azot dioksidi, sulfat va xlor dioksid massa ulushi birligi milliy boshlang’ich etaloni.

Rekvizitlar:

O’zbekiston Respublikasi “Milliy etalonlar markazi” Davlat muassasasi
Manzil:  100049 O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh.,
Olmazor tumani,  Frobiy ko’ch., 333 B
Telefon/Faks: (998-71) 246-70-06
E-mail: nscenter@standart.uz
Tel: 246-70-06 Tel/Faks: 150-35-08
sh/x*  4001 1086 0262 8079 5010 0155 002
STIR 203786519  OKONX  85400   O’zR Moliya Vazirligi G’aznachiligi
x/r 2340 2000 3001 0000 1010 XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi Toshkent shaxri
MFO 00014
G’aznachilik bo’linmasi STIRi 201122919

Jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik sub’ektlarining talabnomalariga ko’ra ko’rsatiladigan xizmatlar:

  • Akkreditatsiya sohasiga muvofiq o’lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatlashdan o’tkazish;
  • Me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda usuliy yordam ko’rsatish;
  • Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish.