Yangiliklar



O‘zbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Fransiyaning halqaro “Bureau Veritas” O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi. 

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligi vakillari hamkorligida Uchtepa kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi.
 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov  Turk Standartlar instituti  (TSE) prezidenti Mahmut Shaxin Sami bilan videokonferensiya tarzida uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

 

 

 

Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Toshkent davlat transport universiteti prorektori D. Baratov va bir guruh professor o‘qituvchilari hamda mas’ul xodimlari bilan ilmiy hamkorlik masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo'limi tomonidan Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan (PKJ MCHJ nomi o`zgartirilgan) sexida sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz profnastil mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi sex fosh etildi. 

 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo'limi tomonidan Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi "TCS" MCHJda (nomi o`zgartirilgan) sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz sement mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxona fosh etildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni”da texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. 

Muhtaram Prezidentimiz huzurlarida joriy yilning 16-yanvar kuni “2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash haqida” oʻtkazilgan yigʻilishda davlat byudjeti barqarorligini taʼminlashda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar hamda yoʻqotishlarga toʻxtalib, jumladan, bojxona organlariga byudjetga tushumlarni koʻpaytirish yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.

Bugun agentlik mas’ullari, Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatika” fakultetida bo‘lib, universitet prorektori Orifjon Zaripov, “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tkazildi.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Germaniya Federal fizika-texnik instituti (PTB)ning loyiha koordinatori Kristofer Kolell va PTB xalqaro eksperti Klemensa Sanetra bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog’ida “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat nifratuzilmasidagi  islohotlarni va sifatni ta’minlash xizmatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar  ko‘rib chiqildi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti,Toshkent kimyo texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlari bilan hamkorlik Memorandumlari imzolab, amaliy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
 

Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakili Konstantin Zligostev va O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Agentlikning "Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi" davlat muassasasida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-401-son Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 

Agentlikning  “UzTest” markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan “Korxonabay” tizimi asosida hududimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga amaliy yordam va konsultativ xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga olish agentligi,  Latviya Standartlar instituti (Latvian Standard) va Latviya Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Markazi  (Consumer Rights Protection Centre of Republic of Latvia) ekspertlari  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Jizzax shahrida “Xiva xoniy” MChJ eksportyor korxonasi hozirgi kunda Xitoyga asal mahsulotini eksport qilmoqda. Agentlikning “UzTEST” markazi Jizzax filiali mutaxassislari mazkur korxonada bo‘lib GSP+ tizimi bo‘yicha tushunchalar berishdi.

“UzTEST” markazi Samarqand filiali xodimlari Jomboy tumanida joylashgan kimyo mahsulotlarini (granula, polipropilen qop)  ishlab chiqaruvchi “Samarkand-Golden Colors” MCHJ  korxonasida bo‘lib ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” gi Prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim-tashkilotlari yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun Malayziya standartlar tashkiloti (Standards Malaysia) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib  o‘tdi. Unda  ikki va ko‘p tomonlama  hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro tamoyillar asosida shakllantirish va rivojlantirishda orttirilgan tajriba  almashish, kadrlar tayyorlash va professional malaka oshirish ishlarini  hamkorlikda tashkil qilish, texnik qo‘mitalarni rivojlantirishda texnik ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va shu orqali texnik ekspertlar bazasini shakllantirishda hamkorlik qilish.