2017 yil 7 iyul kuni “O‘zstandart” agentligi “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi Faxriddin Valijonovich Samatov va Koreya Respublikasi tomonidan “HANA PLANT CO., LTD” ishonchli vakili Kim You Choul birgalikda ahdlashuv bayonini tuzdilar. Tomonlar birgalikda Ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonani tashkil etish haqida ahdlashdilar va o‘zaro manfaatli kelishuvda quyidagi istiqbolli rejalar amalga oshiriladi:

- korxona standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida faoliyat olib boradi, bu borada yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek amaldagi boshqa qonun xujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyat turlarini olib boradi;

- korxonada O‘zbekiston Respublikasida tabiiy gaz namligini o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazish (qiyoslash, kalibrlash, sinash) bo‘yicha laboratoriya tashkil etiladi va respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchalarida hamda sanoatning boshqa sohalarida qo‘llaniladigan tabiiy gaz namligini o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini amalga oshiradi.

- Tomonlar korxonaning ustav loyihasini ko‘rib chiqish va yakuniy taxririni tayyorlashga kelishdilar. Ustavda korxona faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalari, funksiyalari, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanishi mumkinligi belgilab olindi.