Joriy yilning 10 iyulida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Xaitov, O‘zbekiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan kelgan “Turk standartlari instituti” Prezidenti Sebaxiddin Korkmaz bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning aprel oyida Turkiya Respublikasiga xizmat safari chog‘ida “O‘zstandart” agentligining Bosh direktori va “Turk standartlari instituti” tomonidan 2017-2019 yillarda o‘zaro hamkorlik qilish dasturi bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Samarqand viloyatining Urgut erkin iqtisodiy zonasining afzalliklari va tashkil qilinadigan korxonalarning jozibadorligini, hamda “O`zbek-Turk Test Markazi” QK bo‘limini tashkil qilinganligi haqida ma’lumot berildi.
Halqaro standart ISO/IEC 27000 bazasida seriyali axborot xavfsizligi boshqaruv tizimi bo‘yicha savollarni ishlab chiqishda,
Urgut erkin iqtisodiy zonasida “O`zbek-Turk Test Markazi” QK tomonidan tashkil qilingan bo‘limni rivojlantirish bo‘yicha va ikki tashkilotlar o‘rtasida standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida mutaxassislarni o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishda Turkiya tomonidan barcha sohalarning yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlanishini qo‘llab quvatlashini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, "O'zbek-Turk Test Markazi" QK boshqaruv kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishda tashkilotning Bosh direktori tomonidan 2016 yilda olib borilgan ishlari xisoboti eshitirildi. Uchrashuv natijasiga ko‘ra, 2017-2018 yillarda qo‘shma korxonaning ish rejalari ishlab chiqilib, boshqaruv kengashi tomonidan bayonnoma imzolandi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra, 2017-2019 yillarda “O‘zstandart” agentligi va “Turk standartlar instituti” o‘rtasidagi hamkorlik dasturini amalga oshirish muhimligi qayd etildi va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni, kelishuvlarni muvafiqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.