Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi (“Samarqand SSM” DK ) qoshidagi mashinasozlik mahsulotlarini sinash laboratoriyasini xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetmoqda.

Mutaxassislar tomonidan Avtotransport vositalari va ularning qismlari sinov laboratoriyasini YeEK OON talablari muvofiq 60 ta sinov ko‘rsatkichlari bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirildi. Transport vositalarini xalqaro talablar asosida sinovlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sinov uskunalari ro‘yxati shakllantirilib, harid qilish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyati, Piskent tumanida joylashgan “Janubiy” avtomobillarni sinash poligonida sinovlarni amalga oshirish choralari belgilandi. Laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan maqsadida Qozog‘iston Respublikasi “Milliy akkreditatsiya markazi” tomonidan bilan birgalikda zaruriy jarayon hujjatlari tayyorlanmoqda.