Andijon va Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazlarining menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari TurkAK xalqaro idorasi tomonidan xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Shunga ko‘ra sertifikatlashtirish idoralari soni 28 taga yetkazilib,shundan 11 tasi (39,3%) xalqaro darajada tan olingan sertifikatlashtirish idoralari xisoblanadi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda Respublikadagi 45078 ta ishlab chiqaruvchi korxonalardan 5433 ta (12%) korxonalarda xalqaro menejment tizimlari joriy etildi. 2017 yilning I-yarim yilligida 1252 ta korxonalar sertifikatlashtirildi. Shundan: ISO 9001 - 5219 ta; ISO 14001 - 59 ta; OHSAS 18001 - 77 ta; ISO 22000 - 101 ta; ISO 50001 - 21 ta; ISO/TS 16949 - 41 ta; GMP - 11 ta va uyg‘unlashgan menejment tizimlari - 63 ta.