Hozirgi kunda sifat so‘ziga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aytaylik, sifatli mahsulot, sifatli xizmat, sifatli transport xizmati va hakazo.
Shuning uchun O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi eng avvalo sifatni nazorat qilish va sertifikatlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha tizimdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga muhim vazifa sifatida e’tibor qaratmoqda.
Buning uchun laboratoriya jihozlarini yangilishga joriy yilda 10 mlrd. so‘m,ajratildi. Raqamlar tahlil qilinganda bu o‘tgan yildagidan 2 marta ko‘p demakdir.
“O‘zstandart” agentligi rejasiga ko‘ra, yaqin 3 yilda 10 mln. dollarlik jihoz xarid qilinib, ma’nan eskirgan jihozlar zamonaviylariga almashtiriladi.
Ma’lumot uchun: ma’nan eskirgan 910 ta asbob-uskunalarning o‘rnini bosuvchi umumiy qiymati 13,5 mlrd. so‘mlik 400 ta sinov va o‘lchov qurilmalarining aniq ro‘yhati shakllantirildi.
Dasturga asosan, joriy yilning birinchi choragida 2,9 mlrd. so‘mlik 95 ta sinov uskunalarini xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 1,4 mlrd so‘mlik 46 ta uskuna xarid qilindi. Natijada chorak rejasi 47,2 % ga, yillik reja 10%ga bajarildi. 
Belgilangan istiqbol rejasiga asosan, joriy yilning1-sentyabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy laboratoriya binosi qurilib jihozlanishiga 2,5 mlrd so‘m ajratildi.
Andijon viloyatida esa yaqin kunlarda 2,1 mlrd so‘mlik mashinasozlik va elektrotexnika laboratoriyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida esa, energiya xavfsizligi bo‘yicha yangi laboratoriya yil oxirigacha ishga tushirish belgilangan. 
Joriy yilda Namangan viloyatida-tekstil, Buxoroda–kimyo mahsulotlari, Surxondaryoda-oziq-ovqat, Samarqandda-mashinasozlik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilib, 95 ta xalqaro sinov usullari joriy etiladi.
Ammo,bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida, ishlab chiqarish va kichik biznesning sifat nazoratini o‘tkazishga bo‘lgan talablarni inobatga olgan holda Respublikamizning yirik tarmoqlar hisoblangan zamonaviy korxonalarning laboratoriyalaridan foydalanilmoqda. (O‘zavtosanoatning 13 ta korxonasi, O‘zeltexsanoatning 9 tasi, O‘zbekneftegazning 3ta, O‘zkimyosanoatning 5 ta korxonasi laboratoriyasi milliy akkreditatsiyadan o‘tdi, hamkorlik qilinmoqda. O‘zavtosanoat bilan birga 2 ta korxona “Uz-Koram Ko”, «Avtosanoat-Sepla», O‘zbekneftegaz bilan Qo‘ng‘irotdagi “Uz-Kor GasChemical” QK laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.).