Standart va sifat uyg‘unligi

“O‘zstandart” agentligi joriy yilning 1 yarim yilligida Respublikamiz korxonalarida ISO 22000 standartini mamlakatimizning 95 ta korxonasiga joriy etish mo‘ljallangan.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida “O‘zvinsanoat xolding” (22 ta), “O‘zbekoziqovqatxolding” (11 ta), “O‘zpaxtayog‘” AJ (7 ta) bilan ISO 22000 standartini jami 40 ta korxonada 2017-2018 yillarda joriy qilish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, amaliy natijalarga erishildi.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan 2017 yilning 6 oyida ISO 22000 standartini joriy etish rejasi 6 tani tashkil etib, amalda 11 ta (183%) eksportyor va eksport salohiyatiga ega bo‘lgan korxonalarda joriy etildi.

“O‘zpaxtayog‘” AJ da joriy yilning 6 oyida 6 ta korxona rejaga kiritilgan, amalda 5 ta (AO "Urganch yog‘-moy", AO "Asaka yog‘-moy", AO "Andijon yog‘-moy", AO "Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy", AO "Farg‘ona yog‘-moy") korxona sertifikatlashtirildi va “Yangiyo‘l yog‘-moy” AJda ISO 22000 standartini joriy etish ishlari olib borilmoqda.