“O‘zstandart” agentligi “O‘zMMI” DK mutaxassislari 2017 yil 3 dan 9 dekabr kunlari Turkiya Respublikasi, Gebzeda va “O‘zstandart” agentligi bilan hamkorligida TÜBİTAK UME o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi asosidagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida o‘z malakalarini oshirib, tajriba almashdi.

“O‘zMMI” DK mutaxassislari TÜBİTAK UME kalibrlash laboratoriyalari faoliyati bilan tanishib, bu o‘z navbatida “O‘zMMI” DK laboratoriyalarining modernizatsiyasi maqsadida Turkiya Respublikasi Milliymetrologiya institutining texnik jihatdan jihozlanishi bilan tanishish, shuningdek bosim, harorat, hajm va sig‘im o‘lchovlari, gaz hajmi va elektr o‘lchashlar o‘lchash vositalarini kalibrlashda qo‘llanadigan standart usullari bilan tanishish imkonini berdi.