“2017-2020 yillarda “O‘zstandart” agentligining faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlandi. Dastur asosida quyidagi ishlar bajarildi.

Birinchidan 613 ta halqaro standart qabul qilindi, respublikaning jami 6239 ta korxonasida, shu jumladan 1 515 ta eksportyor korxonada ISO 9001 xalqaro standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimlari joriy etildi. 

Yil yakuniga qadar jami 6 277 ta korxonada, shu jumladan barcha 1 700 ta eksportyor korxonada sifat menejmenti tizimlari joriy etilishi ta’minlanadi.

Ikkinchidan – mahsulotlarga nisbatan xavfsizlik talablarini belgilovchi 36 ta texnik reglament qabul qilindi (oziq-ovqat, mashinasozlik, metallurgiya, yengilsanoat, transport, poligrafiya sohalarida).

Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 8 ta oziq-ovqat, qishloq ho‘jaligi, kimyo mahsulotlari hamda sanoat xavfsizligi sohalari bo‘yicha texnik reglament qabul qilinadi.

Uchinchidan – respublikamizda o‘tkaziladigan sinov natijalari xalqaro darajada tan olinishi maqsadida 10,1 mlrd. so‘m investitsiya hisobiga 298 ta yuqori aniqlikdagi o‘lchov uskunalari xarid qilindi,

Agentlik tizimidagi 8 ta zamonaviy sinov laboratoriyalari (oziq-ovqat, yengil-sanoat, elektrotexnika, kimyo, avtotransport va qurilish mahsulotlari bo‘yicha) xalqaro akkreditatsiya idoralari tomondan (SNAC, TurkAK, Qozog‘iston) akkreditatsiya qilindi.

Yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 1 mlrd. so‘m evaziga 17 ta sinov va 4 ta qiyoslash uskunalari xarid qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sinov va sertifikatlashtirish markazi labaratoriyasining yangi binosi “O‘zstandart” agentligining maxsus jamg‘armasining 1 mlrd. 865,5 mln. so‘m mablag‘i xisobiga qurib bitkazilib ishga tushirildi.

To‘rtinchidan – mahalliy aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, 10 ta viloyatning 15 ta olis tumanlarida maishiy xisoblagichlarni qiyoslash shahobchalari tashkil etildi va faoliyat yuritmoqda.

Beshinchidan – “G‘ijduvon”, “Urgut”, “Hozarasp” va “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha “O‘zstandart” agentligining ilmiy-ishlab chiqarish markazlari (filial) tashkil etildi.

Oltinchidan – sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali tadbirkorlarga 18 turdagi xizmatlar elektron tarzda amalga oshirilishi imkoniyati yaratildi.

Bu borada Koreya Hukumatining 7 mln. dollar miqdoridagi texnik ko‘magi xisobiga “O‘zstandart” agentligida 2017-2018 yillarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinadi va barcha xizmatlar “yagona darcha” orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur ishlar bilan bir qatorda, hozirda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yo‘nalishi doirasida “O‘zstandart” agentligi tizimini tubdan takomillashtirish va respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirishda Agentlik rolini keskin oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.