2016 yil 16 may O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.11.2016 yildagi 326-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida” umumiy texnik reglament amalga kiritildi. 
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22 moddasiga muvofiq va “O‘zstandart” agentligining2015 yil 18 dekabrdagi 05-727 sonli qaroriga asosan 2016 yil 16 maydan boshlab, yuqorida ko‘rsatilgan sohada majburiy talablarni o‘rnatadigan standartlashtirish bo‘yicha 73 ta me’yoriy hujjatlar ixtiyoriy tusga kirdi. 
“Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi” umumiy texnik reglament amalga kiritilgandan keyin, o‘rnatilgan tartibda qo‘llanilish ixtiyoriyligiga ega bo‘ladigan va majburiylik tusini yo‘qotadigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ro‘yxati bilan bizning saytimizda “Texnik jihatdan tartibga solish” – “Texnik reglamentlar” bo‘limida tanishish mumkin.

Axborot xizmati